GoEuro dunyoning eng tezyurar poyezdlarga ega mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Unda Özbekiston 17-örinni egallab, AQŞ, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlarini ortda qoldirdi.

Mazkur reyting yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar böyiça Osiyo mamlakatlari yetakçilik qilayotganini körsatmoqda. 

Reytingdagi ilk uçlikda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarini köriş mumkin. Yaponiyaning SCMaglev poyezdining maksimal tezligi - soatiga 603 kilometr. Xitoyning MagLev poyezdi soatiga 501 kilometr tezlikda harakatlanadi. Janubiy Koreyaning tezkor poyezdi esa soatiga 421 kilometr tezlikka ega. 

Reytingni tuzişda poyezdlarning maksimal tezligi, işçi tezligi, liniya çiziği, aholi qamrovi kabi körsatkiçlar inobatga olindi. 

Tezkor temir yöl tarmoqlari qaysidir mamlakatlar uçun nisbatan yangidek körinsa-da, quyidagi 20 mamlakat uçun u asosiy transport vositalaridan biri hisoblanadi: 

Dunyodagi eng tezyurar poyezdlar reytingidan köriş mumkinki, Yevropa mamlakatlari bu masalada biroz orqada. Ularning orasida eng yaxşi natijani körsatgan Fransiyaning yuqori tezlikda harakatlanuvçi TGV SNCF poyezdining maksimal tezligi - soatiga 575 kilometr.