Toşkentdagi Xalqaro press klubda Içki işlar vaziri A. Azizov va vazirlik boşqarmalari rahbarlari iştirokida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Unda içki işlar vazirligi doirasida ötkazilayotgan islohotlar haqida söz bordi. Bundan taşqari, OAV vakillarini qiziqtirgan turli savollarga javob qaytarildi.
Jumladan, içki işlar idoralari xodimlarining xizmat liboslari özgarişiga doir ma'lumotlarga oydinlik kiritiş barobarida, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida içki işlar idoralari militsiya emas, politsiya deb atalaşi mumkinmi, degan savol berildi.

Uşbu savolga javob bergan Içki işlar vaziri Abdusalom Azizov ayni vaqtda militsiya sözi muomaladan olingani, buning örniga içki işlar idorasi deb atalayotganini ma'lum qildi. Liboslar xususida söz yuritgan vazir, bu borada turli mutaxassislar, xususan töqimaçilik sanoati vakillari bilan hamkorlik qilinayotganini aytdi. Azizovga köra, içki işlar idoralarining yangi liboslari birinçi navbatda xizmat vazifasini bajariş uçun qulaylik va Özbekiston iqlim şaroitlariga mos tuşiş hamda içki işlar imijini kötarişga xizmat qilişi nuqtai nazaridan tayyorlanadi.

















