“Özstandart” faoliyatida qanday özgarişlar yuz beradi?
|13:34 / 02.05.201711 5778 min
Avval xabar berganimizdek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni «Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatsiya agentligining faoliyatini takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Ma'lumki, mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoşligini ta'minlaşning muhim omillaridan biri standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga mos darajasi, şuningdek, respublikamizning sinov va ölçaş laboratoriyalari moddiy-texnik bazasining holati hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasida keyingi yillarda körsatib ötilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yönaltirilgan kompleks tadbirlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillaştiriş doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda Özbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida” (2009 yil) va “Muvofiqlikni baholaş töğrisida”gi (2013 yil) qonunlari qabul qilindi. Uşbu qonunlar içki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinişi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan ötkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinişini ta'minlaşda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasining “Standartlaştiriş töğrisida”, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlaştiriş töğrisida” va “Metrologiya töğrisida”gi qonunlariga kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uçun sertifikatlaştiriş hamda standartlarni qabul qiliş va joriy etiş jarayonlarini soddalaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Tadbirkorlik sub'yektlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida majburiy sertifikatlanişi lozim bölgan mahsulotlar röyxati keskin qisqartirildi. Eksportga yönaltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlaştiriş ixtiyoriy ravişda amalga oşirilişi belgilandi, ölçaş vositalarini tayyorlaş, sotiş va ijaraga beriş faoliyatini litsenziyalaş jarayoni bekor qilindi.
Sertifikatlaştiriş va standartlaştiriş qoidalariga rioya etilmaganligi uçun xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qöllaş me'yorlari bekor qilinib, mansabdor şaxslarning ma'muriy javobgarligi kuçaytirildi. Şuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qiliş hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga ötkazildi.
Şu bilan birga, sohadagi işlarning tahlili vakolatli davlat boşqaruvi idorasi sifatida “Özstandart” agentligining faoliyati bilan boğliq bölgan bir qator yeçimi topilmagan masalalar mavjudligini körsatmoqda.
Mavzuga oid
Birinçidan, agentlikning taşkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilişini ta'minlab bera olmas edi.
Ikkinçidan, ISO xalqaro taşkiloti standartlarini qabul qiliş borasidagi faoliyat lozim darajada taşkil etilmagan, standartlaştiriş böyiça me'yoriy hujjatlar milliy fondida uşbu taşkilot standartlari 13 foiznitaşkil etar edi, xolos.
Uçinçidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boşqariş tizimlarini joriy etiş böyiça respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam körsatiş yetarli darajada taşkil etilmagan edi.
Törtinçidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekşiruvini töla qamrab oliş imkonini bermas edi.
Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining ustuvor vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
mahalliy mahsulotlarni işlab çiqarişda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etiş orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta'minlaş va taşqi bozorlarda raqobatdoşligini oşiriş;
mahsulot sifatini boşqarişning zamonaviy tizimlarini birinçi navbatda eksport qiluvçi korxonalarda keng joriy etiş va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlaştirişni amalga oşiriş;
eksportçi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlaştiriş masalalarida qulay şaroitlarni yaratiş, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholaş işlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinişiga yönaltirilgan xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni faollaştiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantiriş, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini ta'minlaş samaradorligini oşiriş;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga körsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştiriş va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş.
Şuningdek, mazkur qaror bilan 2017-2020 yillarda “Özstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş va iş samaradorligini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. U quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:
standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş sohalarida qonuniy bazani takomillaştiriş;
“Özstandart” agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi ölçaş va sinov uskunalari bilan qayta jihozlaş va modernizatsiya qilişni davom ettiriş;
2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqiçma-bosqiç qabul qiliş orqali ularning standartlaştiriş böyiça me'yoriy hujjatlar milliy fondidagi uluşini ikki barobarga oşiriş;
9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etiş, 2020 yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobarga oşiriş;
“Özstandart” agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan taşkilotlarda akkreditatsiya qiliş yöli bilan ularda amalga oşirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinişi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, “Özstandart” agentligi xodimlar salohiyatini oşiriş va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilişini çuqurlaştiriş.
Uşbu qaror bilan “Özstandart” agentligi qoşida “Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi” va “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarini taşkil etiş hamda “Respublika sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasini qayta taşkil etişni nazarda tutgan holda “Özstandart” agentligining yangilangan taşkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Şuningdek, tasdiqlanayotgan röyxatga muvofiq etalonlar va yuqori aniqlikdagi ölçaş vositalarini davlat byudjyetidan moliyalaştiriş hisobiga xarid qiliş orqali respublika etalon bazasini yanada rivojlantiriş közda tutilgan.
Tasdiqlangan çora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini ta'minlaş maqsadida standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştiriş va sifat menejmenti tizimlarini joriy etişni muvofiqlaştiriş böyiça maxsus işçi guruh taşkil etildi.
Uşbu qarorning amalga oşirilişi:
birinçidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslaştiriş hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etiş asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoşligini oşiriş va taşqi savdodagi texnik tösiqlarni bartaraf etiş;
ikkinçidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilişda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oşirilgan ölçaş va sinov natijalarining çet ellarda tan olinişi uçun asos yaratiş;
uçinçidan, sanoat tarmoqlarida qöllanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni töliq metrologik tekşiruvdan ötkaziş, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda ölçaş vositalarini xarid qiliş orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga boğliqligini kamaytiriş imkonini beradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi