Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining Arxitektura va quriliş davlat qömitasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqida Özbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatida xabar berildi.
Mazkur hujjat arxitektura va şaharsozlik sohasini rivojlantiriş, şahar va aholi punktlari boş rejalarining işlanmalari va ularni amalga oşirişni yaxşilaş, davlat organlari va xöjalik boşqarmalari mas'uliyatini oşiriş maqsadlarida qabul qilindi.
Farmonda Özbekiston Respublikasining Arxitektura va quriliş Davlat qömitasi faoliyatining asosiy vazifa hamda yönalişlari belgilab berildi.
Farmonga muvofiq, Arxitektura va quriliş Davlat qömitasi tuzilmasida loyihalaştiriş, innovatsion loyihaviy qarorlar, texnologiyalar va quriliş materiallarini joriy qiliş böyiça Texnik muvofiqlaştiriş boşqarmasi yaratildi.
Arxitektura va quriliş Davlat qömitasining Loyihalaştiriş va quriliş-montaj işlari sifati ustidan davlat nazorat boş boşqarmasi Özbekiston Respublikasi Arxitektura va quriliş Davlat qömitasi qoşidagi Arxitektura-quriliş nazorati Davlat inspeksiyasiga aylantirildi.
Qoraqalpoğiston Arxitektura va davlat quriliş qömitasi, viloyatlar hamda Toşkent şahrining Arxitektura va quriliş boş boşqarmalari qoşida davlat unitar korxonalari şaklidagi Arxitektura-rejalaştiriş byurolari taşkil qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Respublika Arxitektura-şaharsozlik kengaşining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
















