Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston Parij Bitimini imzolaganiga o‘z munosabatini bildirdi
Foto: anons.uz
BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi mamlakat tomonidan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi imzolanganini ma'qullaydi, deb xabar bermoqda Uzdaily.uz
Bu Bitim birinchi umumiy va qonunan majburiy global iqlim kelishuvi bo‘lib, u BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Tomonlar Konventsiyasining 21 Anjumanida 2015 yilning 12 dekabr kuni ma'qullangan va 2016 yilda kuchga kirdi. O‘zbekiston, ushbu Konventsiya Tomoni sifatida Parij Bitimini 2017 yilning 19 aprel kuni imzoladi.
«BMT Taraqqiyot dasturi dunyoning 140 davlatida amalga oshirilayotgan iqlim o‘zgarishini oldini olish va uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha 20-yillik ishiga asoslanib, O‘zbekistonga mamlakatning Parij Bitimi doirasida imzolangan iqlim o‘zgarishi masalalarini hal qilishdagi sa'y-harakatlariga ko‘mak berishda davom etishga tayyor», - deya aytib o‘tdi Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner.
Yaqinda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi ofisi va O‘zbekiston Respublikasining arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi tomonidan yangi keng ko‘lamli loyihani tasdiqlash va imzolash Parij Bitimining mamlakat tomonidan imzolanishi bilan deyarli bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Loyihada energo samarali va past-uglerodli qishloq uy-joylari va qishloq aholi punktlarini loyihalashtirish va qurish maqsad qilingan.
Umumiy byudjyeti 6,3 mln. AQSh dollari bo‘lgan hamda Global ekologik fond va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan yangi loyiha turar-joy sektorida energiya va resurslar samaradorligini oshirish bo‘yicha innovatsion vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U parnik gazlarning milliy va global darajada chiqarib tashlanishi kamayishiga olib keladi.
Mavzuga oid
15:37 / 10.12.2024
Sayyora qizib boryapti, Yevropa muzlayapti. 2024 yilda iqlim bo‘yicha antirekord yangilanadi
10:55 / 27.06.2019
O‘zbekistonda 800ta yangi arzon uy-joylarga quyosh panellari o‘rnatiladi
21:37 / 05.11.2018
Yevropaning eng iflos shaharlari ma'lum qilindi
14:58 / 02.10.2018