Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining joriy yilning 25 sentabrda ötkazilgan navbatdagi majlisida bir qator muhim qonun hujjatlari körib çiqildi. Ulardan biri — Özbekiston Respublikasi Prezidenti qonunçilik taşabbusi huquqi asosida parlament quyi palatasiga kiritilgan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi “Parij bitimi” (Parij, 2015 yil 12 dekabr)ni ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi qonun loyihasidir, deb yozmoqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Qobil Nosirov.
Majlisda qayd etilganidek, bugun jahon hamjamiyati iqlim özgarişini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri, deb tan olmoqda. Darhaqiqat, XX asrga kelib, dunyo mamlakatlarining keskin industrial rivojlanişi, tabiat qonuniyatlariga böysunmasdan, uning resurslaridan nooqilona foydalanişi natijasida atmosferaga behisob miqdorda issiqxona gazlari çiqarilişi iqlim özgarişiga olib keldi. Bu esa, öz navbatida, dunyoning turli nuqtalarida yilning tört faslida ham haroratning keskin özgarişiga, ba'zi yerlarda halokatli yoğingarçiliklar, toşqin, böron-u töfon kabi ofatlarga, aksinça boşqa joylarda qurğoqçilik, çöllaniş, yer degradatsiyasi, örmon yonğinlari va boşqa ekologik muammolarga sabab bölmoqda.
Butunjahon meteorologiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, bugungi kungaça global yillik örtaça havo harorati 1880 yildagi darajadan 1°C ga ortgan. Özbekistonda xuddi şu davr uçun örtaça yillik havo harorati 1,6°S ga kötarilgan. Ya'ni, isiş jadalligi global miqyosda kuzatilayotgan örtaça sur'atdan yuqori. Sababi, Özbekiston iqlim özgarişi ta'siriga köproq moyil bölgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Ekspertlarning xulosasiga köra, iqlim isişi ekotizimlar holatiga salbiy ta'sir körsatişi, Qoraqalpoğiston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyati kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlaşuviga, yil mobaynida jazirama davr davomiyligining ortişi va kuçayişi natijasida aholi örtasida kasalliklarning ortişi, şuningdek, boşqa xavfli tabiat hodisalari – sellar, toşqinlarning tez-tez takrorlanişi, yuqori toğlardagi köllarning öpirilişiga olib kelişi mumkin.
Iqlim özgarişi bilan boğliq ösib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytariş maqsadida 2015 yil 12 dekabrda Parijda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) iqlim özgarişlari böyiça doiraviy konvensiyasi (IÖDK)ga bağişlangan konferensiyaning 21-sessiyasida Parij bitimi qabul qilindi va 2016 yil 4 noyabrda kuçga kirdi.
Hozirgi vaqtda Parij bitimini imzolagan 195 mamlakatning 180 tasi mazkur hujjat iştirokçisi hisoblanadi. Bitimni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvçi maqomiga ega bölib, ular uçun xalqaro taşkilotlar tomonidan iqlimga doir dastur va loyihalarni moliyalaştirişda çeklovlar qöllaniladi.












