Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 may kuni qator davlatlarning Özbekistondagi yangi elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.

ÖzA’ning xabar berişiça, Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan Eduards Stiprays, Qirğiziston Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Çexiya Respublikasi, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podşohligining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçilari etib tayinlangan Daniyar Sidiqov, Violen de Vilmor, Andrea Bertotstsi, Yaroslav Siro, Nobuaki Ito, Amani al-Itr, Ahmet Başar Şen, Hişam bin Mişal al-Suveylimdan işonç yorliqlari qabul qilib olingan.

Prezident diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlar ekan, Özbekiston uşbu davlatlar bilan hamkorlikni izçil rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratişini ta'kidladi. 

Şavkat Mirziyoyev elçilarni mamlakatda iş boşlayotgani bilan samimiy tabriklab, ularning mas'uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.