Rossiya prezidenti Vladimir Putin va GFR federal kansleri Angela Merkel birgalikdagi matbuot anjumanida Soçida ötkazilgan muzokaralar davomida tilga olingan asosiy mavzular haqida sözlab berişdi.
Bular — ikkitomonlama munosabatlar, terrorizmga qarşi kuraşiş, Yaqin Şarqdagi vaziyat va Minsk kelişuvining amalga oşirilişi kabi masalalardir.
Ikki tomonlama munosabatlar
Putin «ma'lum siyosiy qiyinçiliklar va global iqtisodiy kon'yunkturaning tabranişiga qaramasdan» Germaniya hamon Rossiyaning yetakçi iqtisodiy hamkorligiça qolayotganini ta'kidladi.
«Rossiya Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikni özaro foydali, hurmat, tenglik prinsipiga asoslanib, har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan tartibga solişga harakat qilmoqda», — degan Rossiya davlat rahbari.
U mamlakatlar mahsulot aylanmasi hajmi oşganiga e'tibor qaratgan.
«Ikkitomonlama savdo borasidagi işlar haqida gapirilsa, biz mahsulot aylanmasi oşganini çuqur qoniqiş bilan qayd etmoqdamiz: joriy yilning yanvar–fevral oylarida uning hajmi 43 foizga ösgan. Qayd etişim kerakki, GFR Rossiya tabiiy gazining eng yirik xaridori hisoblanadi, Rossiyadan uzatilayotgan gaz nemis bozorining 35 foizini egallagan», — degan Rossiya prezidenti.
Rossiya va Germaniya hamkorligi istiqbollariga töxtalar ekan, Putin «hamkorlik — oddiy havoyi sözlar emas, uning ortida butun bir korxonalar va yuz minglab insonlar taqdiri yotadi, — degan. — Albatta, bizning özaro hamkorligimiz jahon iqtisodiyoti barqarorlaşuviga katta hissa qöşadi».
Merkel öz navbatida, Putin bilan muzokaralar «intensiv» ruhda ötayotganini ta'kidlab, Rossiyani «konstruktiv hamkor», deb atagan.
Uning sözlariga köra, Moskva va Berlin mavjud muammolarga qaramasdan, har doim muloqotda bölib turişi kerak.
«Biz bir-birimiz bilan gaplaşamiz, baribir bir-birimizni yaxşi tuşunamiz, agar köp yillik tarixga nazar taşlansa, baribir doimo muloqotda bölib turişimiz zarur ekanligini anglaymiz, çunki har bir sözlaşuv, har bir suhbat nimagadir örgatişi mumkin», — degan Merkel.
Ukraina inqirozi
«Hozirgina tor tarkibda ötgan uçraşuvda Ukrainadagi jiddiy taşviş keltirib çiqarayotgan vaziyatni ham muhokama qildik. Biz Merkel xonim bilan «normand formati»ning boşqa a'zolari bilan doimiy aloqadamiz», — dedi Putin.

















