Duşanba kuni suborbital fazoviy kema - SpaceShipTwo Unity’ning navbatdagi sinovi bölib ötdi. U Virgin Galactic kompaniyasi tomonidan işlab çiqilmoqda. Muhandislar sinov parvozi davomida kemaga qöniş çoğida aerodinamik tormoz olişga yordam berişi kerak bölgan tizimni tajribadan ötkazişdi. Sinov muvaffaqiyatli ötdi, şuning uçun kelasi safar mutaxassislar Unity’ning boşqa jihatlarini tekşirişadi.
Kompaniya vakillarining xabar berişiça, hisob böyiça sakkizinçi parvoz odatiy rejimda ötgan. Unity fazoviy kemasi bortida ikki uçuvçi bölgan bölsa, WhiteKnightTwo taşuvçisini ham ikki nafar pilot boşqargan, şuningdek bortda muhandis ham bölgan.
Eslatib ötamiz, Virgin Galactic’ning avvalgi kema modeli Kaliforniya janubidagi sahroda 2014 yilning kuzida sinov parvozi davomida qulab tuşgandi. Halokat tufayli bir uçuvçi hayotdan köz yumgan, boşqasi esa jiddiy jarohatlar olgan.
Ma'lumot uçun, Unity fazoviy kemasi birinçi navbatda suborbital turistlarga möljallangan. Xohlovçilar hozirning özidayoq çipta xarid qilişi mumkin, uning narxi 250 ming dollarga teng.













