Kun.uz tahririyati 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Özbekistonning turli viloyatlariga ijodiy safar uyuştirib, rahbarlar, mutasaddilar va aholi bilan muloqot ötkazişda davom etmoqda. Tahririyatning navbatdagi safari Namangan viloyatiga böldi.

Safar davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan turli masalalarda oçiq suhbat bölib ötdi. Uşbu suhbat davomida viloyatda mavjud muammolar tilga olindi va ularning hal etilişi borasida fikrlar örtaga taşlandi. 

Viloyatdagi yöllar holati

Oxirgi yillarda yöl tizimi böyiça Namangan viloyatida nisbatan çetda qolgan. Yöllar böyiça 11 ta loyihamiz davlat dasturiga tuşgan va ularning barçasiga mablağ ajratilgan. Lekin, şu 11 ta loyihalar oxiriga yetmay qolib ketgan. Sababi ular nomaqbul quruvçilarga berilgan. Bunda özimiz ham nazoratsizlik qilganmiz, özimizda katta ayb bor. Bugungi kunda asfaltlaş uçun 39 milliard söm ajratilgan, qişloqlardagi içki köçalarda qattiq qoplamali şağalga ötiladi. Namangan viloyatiga 17,5 milliard söm mablağ ajratilmoqda. Buning natijasida 284 kilometr loy bölgan içki köçalarimiz qattiq qoplamali yöllarga aylantiriladi. 

 

Qişloq xöjaligi sohasi

Qişloq xöjaligi bizning eng asosiy tarmoqlarimizdan biri. Bugungi kunda aholimizning qariyb 50 foizi qişloqda istiqomat qilayapti. Bizni boqadigan ham, kiyintiradigan ham yerdir. Oldinlari töliq paxta ekib, faqat paxtaçilik, ğallaçilikka ixtisoslaşgan bölsak, maxsus qarorlar bilan yilma-yil paxta maydonlari qisqarib bormoqda. Kelgusi 5 yil içida 10 ming gektar paxta maydoni, 5 ming gektar ğalla maydoni qisqaradi. Ular bugungi kunda samara bermayotgan yerlardir. Namangan viloyatida ötgan yilning yakuni bilan oladigan bölsak paxtani qayta işlaş foizini 37 foizni taşkil qildi. Bugun Namangan viloyatida maxsus qarorlar bilan 15 ta dastur amalga oşirilmoqda. 2017-2018 yillarda bu dasturlardagi barça töqimaçilik korxonalari foydalanişga topşiriladi. Rejada 2017-2018 yillarda amalga oşiriladigan loyihalarning pirovard natijasi bilan 37 foiz qayta işlayotgan paxtamizning 100 foizi Namangan viloyatida qayta işlanadi. 

Bugungi kunda 34 ming gektar boğ-toklarimiz bor. Bu juda katta imkoniyat. Birinçidan, bu meva-sabzavotni yetiştiriş. Qolaversa, buni eksportga yuboriş. Bu yil 162 million dollarlik eksport qilişni rejalaştirganmiz. Lekin juda katta muammolarimiz bor. Bizda yuqori hosilli, eng zamonaviy uruğlarimiz yöq. 24 ming boğimizning deyarli 22 mingining hammasi eski boğlar. Bularni yangilaş kerak.