Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qurilayotgan yangi jazoni o‘tash majmuasi kuzgacha foydalanishga topshiriladi
Avval xabar berganimizdek, Xalqaro press klubda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov va vazirlikning boshqa rahbar xodimlari ishtirokida OAV xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Unda jurnalistlar savoliga javob bergan Azizov Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan tergov izolyatori va jazoni o‘tash majmuasi shu yilning kuz oyiga qadar qurib, foydalanishga topshirilishini ma'lum qildi.
«Uzog‘i bilan kuzgacha», – deya aniqlik kiritdi ichki ishlar vaziri shu borada berilgan savolga javobida.
Uning aytishicha, u o‘tgan haftada ushbu qurilayotgan inshootni borib ko‘rgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda qurilish ishlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda.
Mazkur jazoni o‘tash majmuasi bir-biri bilan yulduz shaklida tutashib ketgan 9ta binodan iborat bo‘ladi va xalqaro talablarga mos kelishi borasida MDHda yagona bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026