Erkin elektronlarda işlovçi dunyodagi eng yirik lazer XFEL özining birinçi rentgen nurini otdi. Bu haqda Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi xabarida ma'lum qilindi.

XFEL Germaniyada 6-38 metr çuqurlikdagi yer osti tunnelida joylaşgan. Uning uzunligi 3,4 km ni taşkil qiladi. U rentgen diapazonida sinxrotron nurlanişni generatsiya qiladi. Bu nurni yoruğlik tezligiga yaqin tezlikkaça tezlaştirilgan elektronlar çiqaradi. 

2,1 km lik çiziqli tezlaştirgiç tunnelga ötuvçi elektronlarni tezlaştiradi. Bu tunnelda 17 mingtadan köproq magnit bor. Ulardan fazoda özgaruvçan köndalang magnit maydonini yaratuvçi qurilmalar – ondulyatorlar taşkil topgan. Ularda harakatlanuvçi zarralar tebranişni boşlaydi va har bir harakatda yuqori energetik fotonlar çiqaradi. Fotonlar rentgen nurlar tutamiga birlaşadi va ular elektron ondulyator böylab ötişi sayin kuçayadi.  

XFEL sinovlar vaqtida soniyasiga bor-yöği bir impuls işlab çiqargan, biroq yil oxirigaça bu qiymat soniyasiga 27 ming impulsgaça oşirilmoqçi. Lazer özi çiqaradigan nurlanişning yorqinligi böyiça mavjud analoglarini ortda qoldiradi.