Özbekistonda jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan çet el valyutasining sotib oliniş jarayoni osonlaştiriladi. Bu haqda Prezidentning «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga keltirilgan şarhda aytildi.

Şarhda aytilişça, aholidan naqd çet el valyutasini sotib oliş tijorat banklarining barça filial va mini-banklari tomonidan çeklanmagan miqdorda va sarsongarçiliksiz amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboşlaş operatsiyalarini sifatli amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida:

jismoniy şaxslar tomonidan çet el valyutasini sotib oliş va sotiş tartibini soddalaştiriş;

bayram va dam oliş kunlarida valyuta ayirboşlaş şoxobçalarining uzaytirilgan iş tartibini joriy qiliş;

tijorat banklarining filiallari va mini-banklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari va bozorlarda qöşimça valyuta ayirboşlaş şoxobçalarini oçiş;

konversion bölimlar orqali çet el valyutasini sotişda olinadigan vositaçilik haqi miqdorini imkon darajasida pasaytiriş çoralarini köriş;

xalqaro tölov kartalaridan xorijda foydalanişda mavjud barça çeklovlarni bekor qiliş nazarda tutilgan.

Jismoniy şaxslar ham tijorat banklarining konversion bölimlarida çet el valyutasini erkin sotib olişi, sotib olingan mablağlarni xalqaro tölov kartalariga ötkazib, ulardan xorijda heç qanday çeklovlarsiz, şu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda öqiş, davolaniş va boşqa maqsadlardagi tölovlar uçun foydalanişi mumkin.

Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oşiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini şakllantiriş, şuningdek, taşqi savdoda valyuta siyosatining rağbatlantiruvçi rolini oşiriş maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboşlaş kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga bölgan talab va taklifdan kelib çiqqan holda belgilanadi.