Indoneziya hukumati Sumatra orolidagi tirband qamoqdan qochib ketgan mahbuslarni izlamoqda. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Adliya va inson huquqlari vazirligi vakili Ueyn Dasakning ma'lum qilishicha, yuzlab politsiyachi va askarlar mamlakatning boshqa provinsiyalariga olib boruvchi yo‘llarni yopishda ishtirok etishmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar juma namozini ado etish uchun kameralardan chiqarilgan vaqtda qochib ketishgan.