Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Böstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini taşkil etiş töğrisida”gi farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Respublikamizning farmatsevtika tarmoğini rivojlantirişga yönaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oşirişga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, dorivor ösimliklar xomaşyosini yetiştirişning noyob şaroitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini özimizda işlab çiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan töldiriş, ularni çuqur qayta işlaş hamda yuqori qöşilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toşkent viloyatlarining işlab çiqariş va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalaniş asosida yangi iş örinlarini yaratiş va respublikamiz aholisi daromadlarini oşiriş maqsadida: 

1. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, “Özfarmsanoat” DAK, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toşkent viloyatlari hokimliklarining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Böstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi örinlarda “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Böstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifi qabul qilinsin. 

2. Quyidagilar “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Böstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilansin: 

dorivor ösimliklar xomaşyosini öziga xos tabiiy şaroitlarda yetiştiriş va keyinçalik qayta işlaş borasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toşkent viloyatlarining işlab çiqariş va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanişni ta'minlaş; 

yuqori qöşilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini işlab çiqarişni, birinçi navbatda belgilangan tartibda taşkil etilgan plantatsiyalarda yetiştirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor ösimliklar xomaşyosi negizida taşkil etiş uçun xorijiy va mahalliy investorlarning töğridan-töğri investitsiyalarini jalb etiş;