Tarixdan bizga ma'lumki, yöllarning insoniyat taraqqiyotiga tutgan örni yuqori bölgan. Yöl orqali xalqlar bir-biri bilan savdo-sotiq işlarini olib borgan, madaniyatlar almaşişgan va harbiy sohada ham zarur yutuqlarga erişilgan. Haqiqatda ham yölning ravon bölişi insonning vaqtini, iqtisodini tejaydi, uzoğini yaqin qiladi.
Kun.uz ijodiy jamoasi 2017 yil Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinişi va fuqarolarning tuşgan murojaatlari asosida joriy yilning 26 aprel kuni Namangan viloyatiga taşrif buyurdi. Uşbu viloyat aholisidan tuşgan murojaatlarning aksarida hududdagi markaziy va içki yöllarning ayançli ahvolga tuşib qolgani haqida söz yuritilgan. Biz mazkur masala yuzasidan Namangan avtoyöl hududiy yöllardan foydalaniş taşkiloti direktori birinçi örinbosari Ikrom Ismoilov bilan suhbatda böldik.

“Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 14 fevral kuni imzolangan qarorga muvofiq 2017 yildan boşlab Namangan viloyatidagi qişloq köçalarining 280 kilometri qattiq qoplamaga, ya'ni tuproq yöllarga şağal yotqiziş jarayonini boşlaymiz. Buning uçun Respublikamiz tomonidan 17 mlrd sömdan ziyod mablağ ajratilgan. Bugunga kelib bu işlar jada'l sur'atlarda davom ettirilmoqda.

Namangan-Uçqörğon, Namangan-Çortoq va viloyatni Toşkent şahri bilan boğlaydigan Farğona xalqa yölining ta'mirtalab bölib qolganiga sabab bu yöllarni şartnoma böyiça ta'mirlaş davri juda keç qolib ketgan. Bundan taşqari, uşbu yöllarga asfalt yotqiziş paytida uning qalinligi öşa paytdagi maşinalarning eng oğiri (24 tonna) hisobiga olingan. Bugun zamon taraqqiy etib, maşinalar oğirligi va köpayişi ham yöllarning ta'mirtalab bölib qolişiga sabab bölmoqda. Bu yöllarni ta'mirlaş uçun viloyatga Özbekiston avtomobil yöllar Davlat qömitasi tomonidan 35 mlrd mablağ ajratib berildi. Uşbu yönalişlar böyiça işlar aprel oyidan boşlab yuborildi va bu işlar may oxiriga qadar öz nihoyasiga yetkaziladi”.

Tahririyatimizga kelib tuşgan murojaatlarning yana biri Namangan şahridagi Uyçi köçasi böylab şahardagi Çorsu bozori hududida yöl ta'mirlaş maqsadida avtomobillar harakatining töxtatilişi bilan boğliq. Bu borada Ikrom Ismoilov quyidagi tartibda javob qaytardi:
















