Jamiyat | 17:50 / 06.05.2017
6457
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Markaziy osiyoliklarga qalbaki hujjatlar tayyorlagan 11 laboratoriya faoliyati tugatildi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati IIV va Rossiya gvardiyasi bilan hamkorlikda Moskva hamda Moskva viloyatlarida qalbaki hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar qildi. 

"O‘tkazilgan tadbirlar natijasida jinoiy guruhning 19 nafar a'zosi, shu jumladan uning rahbari ham qo‘lga olindi. Qalbaki hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha 11ta noqonuniy laboratoriyalar faoliyatiga chek qo‘yildi. Tintuvlar chog‘ida 500dan ortiq muhr, gologrammalar, soxta pasportlar, patentlar, elektron axborot tashuvchilar, tibbiyot kitobchalari va boshqa ro‘yxatga olinuvchi hujjatlar…musodara qilingan. Moskva shahri bo‘yicha 9ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi", — deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, uyushgan jinoiy guruh a'zolari Rossiya mintaqalaridagi vakillar tarmog‘i orqali noqonuniy muhojirlarga migratsiya hisobidan o‘tish, Rosssiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalarining qalbaki pasportlari va boshqa hujjatlarni yasab berishgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid