Suriyalik qochqinlar oilasi Kanada bosh vaziriga o‘ziga xos tarzda minnatdorchilik bildirdi

Foto: Reuters
Kanadada boshpana topgan suriyalik qochqinlar Muhammad va Arfa Bilan oilasida tug‘ilgan chaqaloqqa kanadaliklar bosh vaziri sharafiga ism qo‘yildi.
Kalgari shahrida istiqomat qilayotgan Bilanlar oilasida tug‘ilgan chaqaloq Jastin Tryudo Bilan ularning uchinchi farzandi bo‘ldi.
Bundan avval ushbu yosh oila Damashq shahrida yashagan, Muhammad Suriyada sartarosh bo‘lib ishlagan. Hukumat harbiylari uni bir necha kun davomida hibsda tutib turishgan, keyinroq bu hibsga xatolik tufayli sodir bo‘lgani ma'lum qilindi. Shundan so‘ng oila mamlakatdan ketishga qaror qilgan, o‘tgan yilning fevral oyida ular Monrealga kelishgan.
Ular Kanadada rasman qochqin maqomini olishgan, hozirda 29 yoshli Muhammad do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlamoqda. U va rafiqasi ingliz tilida erkin muloqot qila olishadi.
2015 yilning noyabridan buyon Kanadani Jastin Tryudo boshqarmoqda. Bu mamlakatga Suriyadan 40 ming qochqin kelgan, ulardan ming nafarga yaqini Kalgarida yashamoqda.
AQShda prezident Donald Tramp mamlakatga bir qator davlatlardan, jumladan Suriyadan qochqinlarni kiritishni taqiqlagan bir vaqtda Jastin Tryudo ularni aeroportga chiqib kutib olgandi.
"U [Jastin Tryudo] ajoyib inson. U odamlarga yordamin ayamaydi. Biz unga va butun Kanadaga shu yo‘l bilan o‘z minnatdorchiligimizni izhor qildik", degan Arfa Bilan telefon orqali Bi-bi-si nashriga intervyu beraturib.
Qayd etish kerakki, bunday holat ikkinchi marta kuzatilmoqda. Shu yilning fevral oyida suriyalik boshqa bir oila, ayni vaqtda Ontarioda istiqomat qilayotgan juftlik ham o‘z o‘g‘liga Jastin ismini qo‘ygandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi

00:26 / 06.03.2025
Tramp Kanada tovarlariga bojlar joriy etilganidan keyin Tryudo bilan qo‘ng‘iroqlashdi

23:56 / 04.03.2025
Kanada Tramp boshlagan savdo urushiga javoban Amerika tovarlariga boj joriy etadi

02:27 / 24.01.2025