Kanada Donald Tramp tomonidan boşlangan savdo uruşiga javoban 155 milliard dollarlik Amerika tovarlariga 25 foizli boj joriy etadi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.
Avvaliga bojlar 30 milliard dollarlik tovarlarga, 21 kundan keyin esa qolgan 125 milliard dollarlik tovarga nisbatan qöllanadi. Bundan taşqari, Kanada Jahon savdo taşkilotiga AQŞ ustidan şikoyat kiritadi.
«AQŞ Kanadaga — yaqin şerigi va ittifoqçisi, döstiga qarşi savdo uruşini boşladi. Şu bilan birga, ular Vladimir Putinni — yolğonçi, qotil diktatorni tinçlantirib, Rossiya bilan ijobiy hamkorlik haqida gapirmoqda», — deydi Tryudo.
Jastin Tryudo kanadaliklar «aqlli va xuşmuomala» ekanini, lekin mamlakat va uning fuqarolari farovonligi xavf ostida bölsa, ular «kuraşdan çekinmasligini» qöşimça qildi.
«Donald! Hamkorlikdagi sakkiz yildan ortiq faoliyatimiz davomida biz köplab katta işlarni amalga oşirdik… The Wall Street Journal’ga qöşiladigan odatim yöq, ammo Donald, ular seni juda aqlli yigit deyayotgan bölişsa ham, bu ahmoqlik», — deydi Kanada boş vaziri Trampga murojaat qilib.
Tryudoning bayonotidan keyin Donald Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmoğida quyidagiça izoh qoldirdi: «Iltimos, Kanada gubernatori Tryudoga tuşuntiringlar, AQŞga javob bojlari joriy etilişi bilan bizning qayta tariflarimiz yana şunça summaga oşadi».
AQŞda 4 martdan boşlab Kanada va Meksika tovarlariga nisbatan 25 foizli bojlarni joriy etiş tartibi kuçga kirdi. Şuningdek, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizli boj joriy etildi. Tramp özining mazkur qarorini «Meksika, Kanada va Xitoyni noqonuniy immigratsiya hamda zaharli fentanil va boşqa giyohvand moddalarning AQŞga kirib kelişini töxtatiş borasidagi va’dasini bajarişga majburlaş» deya izohlagan.
Amerika bojlari kuçga kirganidan keyin Xitoy ham bunga javob çoralari qöllanişini e’lon qildi. Meksika prezidenti Kludiya Şeynbaum AQŞga javob qaytarişga va’da berib, köriladigan çoralar böyiça 9 mart kuni batafsil çiqiş qilişini aytdi.

















