“Özbekiston” universal sport majmuasida Boks böyiça Osiyo çempionatining final janglari davom etmoqda. Bugungi janglar natijasiga köra, Özbekiston terma jamoasi Boks böyiça Germaniyada bölib ötadigan Jahon Çempionatida töliq tarkibda iştirok etadi.
Toşkentda bölib ötayotgan Boks böyiça 29-Osiyo çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etib, çorak finalda qozoğistonlik tajribali boksçi Vasiliy Levitga imkoniyatni boy bergan özbekistonlik boksçi Sanjar Tursunov JÇ yöllanmasini qölga kiritdi. Sanjar eronlik Salar Ğulomiyga qarşi ringga çiqib, uni mağlub etdi.
Eslatib ötamiz, Boks böyiça Jahon çempionati Germaniyaning Hamburg şahrida 23 avgustdan – 4 sentabrgaça bölgan muddatda ötkaziladi.
Bugungi final janglarini Kun.uz'ning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatiş mumkin.

















