Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Yaşnobod tumaniga taşrifi çoğida kutilmaganda 32 oilaviy poliklinikaga kirdi.

Davlatimiz rahbari poliklinikaning iş tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oşiriş, uylarga çiqib, aholiga patronaj xizmati körsatişni yanada kuçaytiriş zarurligini ta'kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etiş, poliklinikani ta'mirlaş va aholi uçun qulayliklarni oşiriş, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytiriş böyiça körsatmalar berdi.

2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilinganida ham katta ma'no mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda, avvalo insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan tölaqonli foydalanişi ham nazarda tutiladi. Şavkat Mirziyoyev özining saylovoldi uçraşuvlarida xalqning içiga kirib, ularning dardi, muammolari, takliflarini eşitiş lozimligini alohida qayd etgandi.

Prezidentimiz soğliqni saqlaş sohasi xodimlari bilan bir neça marotaba uçraşib, birlamçi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillaştiriş böyiça özining tavsiyalarini berdi. Soha rivoji yölida bir neçta farmon va qarorlar qabul qilindi, ularning ijrosi izçillik bilan ta'minlanmoqda.

Yaşnobod tumanidagi 32 oilaviy poliklinika Asalobod, Ma'rifat, Şirinobod, Jörabek, Yassaviy, Boysun mahallalaridagi 27 ming 285 aholiga tibbiy xizmat körsatmoqda. Bolalar va tuğiş yoşidagi ayollar, keksalar çuqurlaştirilgan körikdan ötkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan poytaxtimizdagi har bir poliklinikaga tez tibbiy yordam maşinalari ajratildi. 32 oilaviy poliklinikada ham tez tibbiy yordam punkti faoliyati yölga qöyilmoqda.

Prezidentimiz poliklinika joylaşgan mahalladagi odamlar bilan muloqot qildi.