Joriy yilning 6 may kuni Grand Hyatt mehmonxonasida Dubay yöl va transport boşqarmasi (RTA) tomonidan ötkazilgan navbatdagi 95 – oçiq kimoşdi savdosida ikki nafar biznes-şeriklar Odil Abdul Aziz Al Matruşiy va Holid Salmin bir neça avtomobil raqamlari uçun 4.4 million dirham (1.22 million dollar) sarflaşdi.
Ular xarid qilgan lotlar orasida ikkinçi eng qimmat lot - H33 raqami ham bor edi. Uning uçun tadbirkorlar 2,82 million dirham (767.800 dollar) tölaşdi.
H33 raqamidan taşqari şeriklar quyidagi raqam belgilarni olib ketişdi: K8888 (182.400 dollar), O120 (95.300 dollar), R3030 (35.400 dollar), P7700 (31.600 dollar), K8800 (22.900 dollar) va yana bir neça kamyob raqamlar ham ularniki böldi.
Love in Dubai naşrining sözlariga köra, Dubayda yangi maşina sotib olganda undagi ot kuçi, dvigatelning ölçami yoki uning modeli katta rol öynamaydi, balki unga taqiladigan raqamli belgi muhim hisoblanadi. Ötkazilgan 95 – oçiq kimoşdi savdosida umumiy hisobda uning qatnaşçilari 27.751 million dirham miqdorida mablağ sarflaşdi.
RTA boşliğining sözlariga köra, “95 – oçiq kimoşdi savdosida uning qatnaşçilari 27.751 million dirham miqdorida mablağ sarflaşlari boşqarma ötkazayotgan savdo tadbirlarining maşhur bölayotganligidan dalolat beradi”.

















