“Olmaliq KMK” kombinati idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş xizmati xodimi Mirabror Yölçiyev (ism-familiyalar özgartirilgan) avval ham ikki marta sudlangan ekan. Bu şaxs har qanday muammoni hal qilişga va'da beradigan uddaburon edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Kunlarning birida uning tuzoğiga qaynota-kuyov ilindi. Kuyovi işsiz yurganidan istihola qilgan Karimjon Abdiyevning köziga M.Yölçiyev najot fariştasiday körindi. K.Abdiyevning kuyovini Mirabror “Olmaliq KMK” AJning idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş xizmatiga işga joylab qöyadigan böldi. Albatta, bu iş şunçaki “rahmat” evaziga emasdi.

Qaynota bu işni amalga oşiriş uçun Mirabrorga talab qilingan 900 AQŞ dollarini tutqazdi. Pulni olgan “hojatbaror” esa odatdagiday yöl tutdi. Telefon öçirilib, "xizmat doirasidan taşqarida", deya javob beradigan böldi. Işning natijasi yuzma-yuz körişilib, söralganda esa, Mirabror korxonada işga qabul bölmayotganligini, masala tez orada hal bölişini aytib, bahonalar qilib yuraverdi. Kutaverib çarçagan qaynota-kuyovda tegişli joyga ariza berişdan boşqa çora qolmadi.

Jinoyat işlari böyiça Olmaliq şahar sudi firibgarlikni kasb qilgan M.Yölçiyevga nisbatan qonuniy jazo tayinladi.