Kelajak televideniyesini bir lahzaga tasavvur qilib köring. 5, 10 yoki 15 yildan söng. U qanday? Yorqin, effektli, pult tugmasini bir bosiş bilan uydagi insonlarni uyğotiş mumkin. U real qahramon sifatida köz öngingizda paydo bölmoqda hamda tasavvurni umuman özgartirib yuborişi, ilhomlantirişi, şokka tuşirişi, hayratga solişga, esankiratib qöyişga qodir... U hissiyotlar tölqiniga sizni yetaklaydi.

Endi esa televizorni yoqing. Kutiş kerak emas! Sifatning innovatsion şakli şu yerda, Zo’r TV efirida. Va bu yangi kundagi ajoyib kayfiyatning timsoli. Kanalning nomi yoki uning işga tuşirilgan sanasi barçasiga oydinlik kiritadi - tölaqonli efir bahorning ilk kunidan boşlandi va aql bovar qilmas yangi parvozdan darak berdi.

Bugungi kunda Zo’r TV efirida – 30 dan ortiq mualliflik loyihasi bor, efir butun mamlakat böylab uzatilmoqda, 40 foizi – rus tilida va 60 foizi – özbek tilida, auditoriya esa – kattadan kiçikka qadar. Bu şunçaki oddiy sözlar emas. Kanal turli yönalişga ega, u öz içiga birdaniga bir neça janrni qamrab olgan: köngiloçar, bilim beruvçi, musiqali, ta'lim. Bu bilan yoşlar ham, yoşi kattalar ham kanalga bor e'tiborini qaratganini tuşuntiriş mumkin.

Opisaniye: Opisaniye: D:\media park\SMM\ZorTV\Imidj-ZurTv1.png

Zo’r TV öz tomoşabinlarini tasvirning Full HD sifati, noyob uzatiş, yangi va talabgor mahsulotlar bilan ta'minlamoqda. Telekanal orqali eng sönggi kinematografiya asarlari, köngiloçar va foydali ma'lumotlar berib boriladi. Top körsatuvlar orasida STAND UP SHOW, BOJALAR COMMUNITY, GARDEROB va boşqa köplab dasturlar bor.

Telekanalda – eng sönggi professional televizion texnikalar, 3000 kvadrat metrdan ortiq suratga oliş maydonçalari, zamonaviy konsert maydonçalari bor. Telekanalning yoş va iste'dodli jamoasi kutilmagan bayonotlardan qörqmaydi, u şov-şuvli ğoyalar va loyihalar, yorqin taşabbuslarga töla hamda uni çaqmoq tezligida amalga oşiradi. Zo’r TV özi erişgan marrada qoliş niyatida emas va doimiy ravişda yangi media-uslublarni izlamoqda.

Zo’r TV butun bir kunga ajoyib kayfiyat, bizga avvaldan taniş bölgan narsalarga esa yangiça nigoh bilan qaraş imkonini beradi. Sababi öz tomoşabinini his etadi, uning ehtiyojlarini kiçik jihatlarga qadar töxtovsiz örganadi. Demak, u öz tomoşabinlari bilan birga yaşaydi.