8 may kuni Uber taksi xizmati boş direktori Trevis Kalanik tvitterda Uber Freight xizmati nakleykasi tuşirilgan yuk maşinasi suratini çop etdi. Avvalroq Kalanik "Uber ançadan beri yuk taşişlar bilan qiziqişini" aytgandi.

"Bu murakkab, qiziqarli va nozik jihatlardan xoli bölmagan biznes. Unga kiriş oson bölmaydi, biroq bu meni ilhomlantirmoqda", deb aytgan Kalanik.

Uber kompaniyasi Freight xizmati yordamida haydovçi va buyurtmaçilardan 15-20 foiz haq oluvçi vositaçilarni bartaraf qilmoqçi. Kompaniya oddiy Uber’dagi kabi, yuqori talab bölganda katta miqdorda haydovçilarni jalb qiliş uçun koeffitsiyentlar oşirilişiga yöl qöyadi. Yuk taşişlar narxi köplab omillar: yonilği, suğurta va yuqori inflyatsiya ta'siri ostida özgarişi mumkin. Biroq kompaniya Freight modeli vositaçilar bilan işlagandan köra samaraliroq bölişiga umid qilmoqda.

2016 yil oktabrda Uber AQŞda Uber Freight xizmati sinovdan ötkazila boşlanişini e'lon qilgandi. Öşanda kompaniya uşbu xizmatni 2017 yilda işga tuşirişi ma'lum qilingandi.  

2016 yil yozida Uber haydovçilar va buyurtmaçilarga töğridan-töğri boğlanişga imkon beruvçi xizmatni yaratiş bilan şuğullanayotgan Otto kompaniyasini xarid qilgan. Bundan taşqari, Ottöda özi boşqariluvçi yuk maşinalar işlab çiqiş işlari olib borilgan. Bu xizmat yordamida birinçi yuk taşiş 2016 yil oktabrda amalga oşirilgan – kompaniya Lavlend şahridan Kolorado Springs şahriga 50 mingta Budweiser pivosi bankasini yetkazib bergan. Rasman boşqa sinovlar ötkazilmagan, biroq Otto yuk maşinalaridan hukumat bilan kelişilmagan holda Kaliforniya yöllarida foydalanilgani qayd etilgan.

Foto: @travisk

Avvalroq AQŞda yuk maşinalari haydovçilari va buyurtmaçilarni vositaçilarsiz dastur yordamida boğlaşni rejalaştirgan bir neça kompaniya yölga qöyilgan.