Fenomenal mavsumdan so‘ng «Monako» futbolchilari Yevropa top-klublarning bosh transfer maqsadlariga aylanishi turgan gap.

Foto: @ChampionsLeague 

Benjamen Mendi (Fransiya)
Chap qanot himoyachisi, 22 yosh
Narxi (bu yerda va keyingi satrlarda — transfermarkt.com ma'lumotlariga ko‘ra): 9 mln. yevro

Foto: Reuters

Yaqin yaqingacha Mendi «Marsel»da shunchalik noo‘ng‘ay o‘yin ko‘rsatar ediki, «uchranglilar»ning sobiq futbolchisi, hozirda jurnalistlik qilayotgan Erik di Meko Benjamin qachondir Fransiya terma jamoasida to‘p suradigan bo‘lsa, kalamush yeb yuborishini va'da qilgan. «Monako»da futbolchi ancha o‘sdi va di Mekoni va'dasining ustidan chiqarish va «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Man Siti» va «Liverpul» kabi Angliya top-klublari e'tiborini o‘ziga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Sanab o‘tilgan so‘nggi ikki klubga chap qanot himoyachisi juda kerak — Gvardiola Klishiga o‘rinbosar izlab yuribdi, Klopp esa qanotdagi tuynuklarni nominal tayanch yarimhimoyachisi Milner bilan yamab yuribdi.

Jibril Sidibe (Fransiya)
O‘ng qannot himoyachisi, 24 yosh
Narxi: 14 mln. yevro

Foto: @ChampionsLeague 

O‘tgan oyning yozida «Lill» himoyachisi Monakoda emas, Londonda paydo bo‘lishi mumkin edi — uni «Arsenal» o‘z safiga chorlagandi. Sidibe rad javobini berdi — kelib chiqishi Malidan bo‘lgan fransuz himoyachisi asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishni istardi, Venger tomonidan va'da qilingan bir mavsumdagi 25ta o‘yin uni qoniqtirmadi. «Monako»da o‘tkazilgan o‘ta muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng unga jiddiyroq klub — «Barselona» qiziqish bildirgan. Hozir Kataloniya klubida o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida nominal yaratuvchi Serxio Roberto o‘ynamoqda, Aleysh Vidal esa yozda jamoani tark etishga hozirlik ko‘rmoqda. Sidibedan tashqari, «Barselona» qisqa ro‘yxatiga portugaliyalik Kanselu va Suaresh, shuningdek «Roma»dan Bruno Peres va TsSKAdan Mario Fernandes ham kirgan.