Osiyo çempionlar ligasining 6-turidan örin olgan «Al-Ahli» va «Lokomotiv» jamolari uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvning 26-daqiqasida Salmin Hamis Ma'mur Ikromovning xatosidan foydalanib hisobni oçgan bölsa, 59-daqiqada raqibning kuçli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi va unga taşlangan Ma'mur Ikromovning yelkasiga tekkan holda darvozaga borib tuşdi. 72-daqiqada Asamoa Gyan Islom Töxtaxöjayevning xatosidan foydalandi va töpni Ikromovning ustidan oşirib darvozaga yöllab qöydi.

Bu hali hammasi emasdi. 77-daqiqaga kelib, Everton Ribeyru Kaxi Maxaradzeni tezlikda ortda qoldirib ketdi va u ham Ikromov bilan birga bir vaziyatga çiqib uning ustidan töpni olib ötib, keyin böş darvozaga töpni yölladi. Natijada yakuniy hisob 4:0 körinişini oldi.

«Bunyodkor» ortidan «Lokomotiv» ham sönggi turni yirik mağlubiyat bilan tugatdi va guruhdan çiqiş vazifasini uddalay olmadi. Natijada OÇLning bu yilgi bahslari Özbekiston jamoalari uçun guruh bosqiçidayoq yakuniga yetadigan böldi.

OÇL, 6-tur

«Al Ahli» - «Lokomotiv» 4:0 (1:0)

Gollar: Salmin Hamis (26), Ma'mur Ikromov (59, avtogol). Asamoa Gyan (72), Everton Ribeyru (77).
«Al-Ahli»: Majid Nosir, Salmin Hamis, Asamoa Gyan (Volid Husayn, 78), Habib Fardan (Volid Ambar, 81), Volid Abbos, Ismoil al-Hammadiy, Everton Ribeyru, Hamis Ismoil, Said Ahmad, Abdulaziz Haykal (Muhammad Sabil, 82), Abdulaziz Sanqur  
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 79), Sardor Mirzayev, Islom Töxtaxöjayev, Murod Bobojonov, Şuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Muhammad Kone (Timur Kapadze, 61), Jaloliddin Maşaripov (Quvondiq Röziyev, 67)
Ogohlantirişlar: Oleg Zoteyev (17), Islom Töxtaxöjayev (58).