Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi  öyin vaqtida muxlislari natsistlarning ramzlaridan foydalangani uçun jazolandi. BBC News xabariga köra, jamoa muxlislari kötargan bayroqlarda natsistlarning ramzi bölgani uçun 2 million iyena miqdorida (17,5 ming dollar) jarima tölaydi. Bundan taşqari, muxlislar noma'lum muddatgaça öyinlarga bayroq va bannerlar olib kirişi taqiqlangan.

Bu hodisa 16 aprel kuni milliy çempionat doirasida «Sereso Osaka»ga qarşi keçgan (2:2) öyin vaqtida röy bergandi. Tribunadagi bayroqlarda SS belgilari tuşirilgandi.

10 turdan keyin «Gamba Osaka» 19 oçko töplagan holda turnir jadvalida uçinçi örinda ketmoqda.