Argentina Oliy sudi joylaşgan Buenos-Ayresdagi sobiq Adliya saroyi yertölalaridan Germaniyadagi faşistlar rejimining 1930-1940 yillardagi faoliyatiga oid yuzlab hujjatlarni öz içiga olgan qutilar topildi, deb xabar beradi Clarin naşri.

Qayd etilişiça, hujjatlar ta’mirlaş va Oliy sud muzeyi uçun yertölalarini tayyorlaş vaqtida tasofidan topilgan. Hujjatlar örganib çiqilgaç, Buenos-Ayresdagi Xolokost muzeyiga yuboriladi.

Ma’lumotlarga köra, qoğozlar Adliya saroyi yertölasidagi 12 ta yoğoç şampan qutisida saqlangan. Hujjatlar orasida pasportlar, partiya biletlari, propaganda materiallari, oq-qora suratlar, varaqalar, qayd daftarlari ham mavjud. Ayrim hujjatlarda Adolf Hitlerning imzosini ham uçratiş mumkin.

Ta’kidlanişiça, uşbu topilma — 1941 yil iyunda Nan-a-Maru kemasida Germaniyaning Tokiodagi elçixonasidan Argentinaga yetkazilgan 83 quti hujjatning bir qismi bölişi mumkin. Ayni vaqtda arxiv Xolokost muzeyi mutaxassislari va tergovçilar tomonidan örganilmoqda. Ularning vazifasi — hujjatlarning tarixiy ahamiyatini baholaş va butun dunyo böylab natsistlarning «pul izlari» bilan boğliq hali aniqlanmagan jihatlarni yoritişga yordam beradigan muhim ma’lumotlar bor-yöqligini aniqlaşdir.

Avvalroq Argentina hukumati mamlakatdan boşpana topgan yuqori martabali natsistlarga boğliq hujjatlarni maxfiylikdan çiqargani töğrisida xabar berilgandi. Ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar ötkazgan va «Ölim fariştasi» nomini olgan şifokor — Yozef Mengele ham bor.