Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyrodagi xonadonlardan birida natsistlarning millionlab dollarlik mingdan ortiq buyumlarini topdi, deb xabar berdi Reuters.
Kolleksiya natsistlar ramzlari, uniformalar, Uçinçi reyxning bayroq va medallari kabi mingdan ortiq aşyolardan taşkil topgan. Şuningdek, xonadondan öşa davrga oid qurol-yaroğlar va öq-dorilar topilgan.
Xabar qilinişiça, buyumlar politsiya 58 yoşli erkakni voyaga yetmaganlarga nisbatan tegajoqlik qilgani uçun hibsga oliş maqsadida uning xonadoniga kelganida topilgan.
Qayd etilişiça, u boy investorlar oilasidan bölgan.
Hisob-kitoblarga köra, topilmaning umumiy qiymati bir neça million dollarga teng bölib, birgina natsistlar uniformasi 250 ming dollar turadi.
Ikkinçi jahon uruşidan söng Janubiy Amerika natsist harbiylari va amaldorlari uçun boşpanaga aylangan. Germaniya va Yevropadan taşqarida eng katta faşistlar partiyasiga ega bölgan Braziliya uruşga qadar mustahkam aloqani yölga qöygan.

















