Argentina hukumati mamlakatdan boşpana topgan yuqori martabali natsistlarga boğliq hujjatlarni maxfiylikdan çiqardi.

Qayd etilişiça, ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar ötkazgan va «Ölim fariştasi» nomini olgan şifokor — Yozef Mengele ham bor. Hukumat xabarida aytilişiça, jami 1850 ta hujjat maxfiylikdan çiqarilgan.

E’lon qilingan materiallar orasida Osvensim komendanti Rudolf Xyoss, «xolokost arxitektori» Adolf Eyxman, Riga gettosi va Riga-Kayzervald konslagerining «Lenta» filiali komendanti Edvard Roşman hamda SS qöşinlari gaupşturmfyureri Erix Pribkega oid ma’lumotlar ham mavjud.

Hujjatlardan şaxsiy yiğma jildlar, hibsga olinişlar yoki tergov jarayoniga oid gazeta parçalari, ma’lumotnomalar, telegramma va hokazolar örin olgan.

Mart oxirlarida Argentina prezidenti Xayer Miley barça davlat idoralariga Ikkinçi jahon uruşidan keyin mamlakatga kelgan qoçoq natsistlarga oid ma’lumotlarni maxfiylikdan çiqariş va e’lon qilişni buyurgandi. Hukumat raisi Gilermo Frankos uşbu ma’lumotlarni yaşirişga heç qanday sabablar yöqligini ma’lum qilgan edi.