Ular nemis armiyasiga qarşi kuraşiş maqsadida Markaziy Osiyodagi öz uylarini taşlab kelişgan. Söngra asirga tuşişgan va juldur ust-boşli bu askarlarni Niderlandiyada joylaşgan konslagerga jönatişgan. Hozir hayot bölganlarning juda kam qismi hollandlarning Amersfort şahri yaqinida otib taşlangan 101 nafar özbekni eslaydi. Agar sinçkov holland jurnalisti bölmaganida, ular haqidagi xotira umuman yöq bölib ketar edi, — deb yozadi BBC.

Har bahor yuzlab hollandlar — eru-xotinlar, yoşlar va qariyalar Utrextdan unça uzoqda bölmagan Amersfort örmonida yiğilişadi.

Bu yerda ular natsistlar tomonidan otib taşlangan, söngra yarim asrdan ziyod vaqt unutib yuborilgan 101 sovet askari xotirasiga çiroq yoqişadi.

Bu voqea 18 yil oldin ma'lum bölgan edi. Öşanda holland jurnalisti Remko Reyding Rossiyada bir neça yil işlaganidan söng Amersfortga keladi. U döstidan şahardan nariroqdagi sovet jangçilari qabristoni haqida eşitib qoladi.

«Men taajjubga tuşdim, çunki şu vaqtgaça u haqida umuman eşitmagan edim. — deya hikoya qiladi Reyding. — Men qabristonga bordim, guvohlarni axtarib, arxivlardan materiallar töplay boşladim».

Aniqlanişiça, bu joyda 865 nafar sovet jangçisi dafn etilgan ekan. 101 nafar askardan boşqa jasadlar Germaniya yoki Hollandiyaning boşqa hududlaridan keltirilgan ekan.

Biroq 101 askar — ularning hammasining ismi noma'lum — Amersfortning özida otib taşlangan.

Ularni Germaniya sovet ittifoqi hududiga bostirib kirganining dastlabki haftalarida Smolensk ostonasida asirga olişgan va natsistlar tomonidan okkupatsiya qilingan Niderlandiyaga propaganda maqsadlarida jönatişgan.

«Ular ataylab, natsistik ğoyalarga qarşilik qilayotgan hollandlarga körsatiş uçun osiyoça körinişga ega bölgan askarlarni yiğib olişgan, — deydi Reyding. — Natsistlar ularni untermenschen — çala inson deb atab, hollandlar bunday sovet fuqarolarini körsa nemislar taraf bölib qoladi, deb öylaşgan».

Foto: Lager kommendanti