Gruziya respublikasi fuqarolarining 60 foizdan ortiği Rossiyani öz mamlakatlari uçun eng katta tahdid deb bilmoqda. Amerika Milliy demokratik instituti tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov şunday natijani körsatgan. 

"Gruziya uçun qaysi mamlakat eng katta tahdiddir, degan savolga berilgan javoblar quyidagiça taqsimlandi: Rossiya — 63 foiz, Turkiya — 6 foiz, AQŞ — 5 foiz bölsa, söralganlarning 15 fozi javob berişga ikkilangan", — deyiladi tadqiqot hisobotida. 

Şu bilan birga, söralganlarning 30 foizi ularning xavfsizligini AQŞ ta'minlay olişiga işoni komil. 

NDI 12 may kuni ijtimoiy sörovning bir qismini e'lon qilgan. Unda SSSR davlatining parçalanişi Gruziyaga qanday ta'sir qildi, degan savolga berilgan javoblar böyiça ham ma'lumot berilgan. söralganlarning 42 foizi bu voqea salbiy ta'sir qildi, deb hisoblagan bölsa, 48 foizi ijobiy baholagan.

Ijtimoiy sörov 2017 yil 7-28 aprel kunlari ötkazilgan. Unda 2,5 mingga yaqin kişi qatnaşgan.