Craigslist portalida noodatiy avtomobil – Hyundai sedani negizida barpo etilgan pikap sotilayotgani haqida e'lon paydo böldi. U 2015 yilgi Genesis modelini özgartiriş bilan yasalgan. 5.0 l V8 motorli maşina 1400 mil (2250 kmga yaqin) yurgan. Sotuvçi uning uçun 16 500 dollar söramoqda.
E'longa muvofiq, avtomobil egasi sedanni jiddiy YTHga uçragaç, pikapga aylantirgan. Buning oqibatida maşinaning old va orqa qismi jiddiy zararlangan. Havaskor old qismini tiklagaç, sedanni pikapga aylantiriş ğoyasini amalga oşirişga qaror qilgan.



Xabarda aytilişiça, sotuvçi 8 silindrli motorga ega Hyundai Genesis maşinasini yoqtirgan. U 2009 yildan beri 5ta şu modeldagi maşinalarni xarid qilgan.

Maşinani özgartiriş uçun u alyuminiy listlardan foydalangan. Pikapning yuk platformasi töliq oçiq bölib, orqa tösiği ham yöq. Maşina egasining sözlariga köra, kuzovning yengillaşgani 420 ot kuçiga ega avtomobilni sezilarli darajada tezkor maşinaga aylantirgan.

Yaqin kimdir maşina orqa oynasini sindirib, kalit bilan tirnab ketgaç, maşinani sotişga qaror qilgan. Bundan taşqari, uning egasi 77 yoşga kirganini va çarçaganini ham sabab sifatida körsatgan.


Birgina e'tirozli jihati şundaki, u texnik hisobga qöyilmagan.

















