Panorama tartibida kutilmagan vertikal suratlar hamda bir neça soniyada önlab kadrlar.

Amerikaning Apple kompaniyasi yettinçi avlod iPhone smartfoni kamerasidan foydalaniş böyiça 5ta reklama roligini namoyiş etdi. Ularda portretlar, makro-kadrlar, vertikal pano va harakatlanayotgan obektlar hamda qoronğulikda kamera yoritqiçi yorita olmagan obektlarni suratga oliş böyiça tavsiyalar örin olgan. 

Şunday qilib, Apple tavsiyasiga binoan, portret oliş uçun aynan şu maqsadga möljallangan tartibni çuqur kadr effekti bilan birga oliş kerak. Smartfonning özi buning uçun tik holatda tutilişi hamda inson yuziga qaratilgan bölişi lozim.

Makro-suratlarni, Apple kompaniyasiga köra, obektdan 10 smgaça yaqinlikda oliş maqsadga muvofiq. Sifatli suratga ega böliş uçun kamera fokusini qöl yordamida boşqariş kerak. 

iPhone vositasida vertikal pano «Panorama» tartibida suratga olinadi. Bunda smartfonni gorizontal holatda uşlab turiş kerak. Keyin, kamera pastdan yuqoriga harakatlantiriladi. 

Nimqoronğulikda suratga tuşirişda biroz bölsa-da yoruğlik manbaini topiş zarur. Töğri rakurs tanlanganidan söng, foydalanuvçi smartfonda fokuslaş nuqtasini belgilaşi hamda obektning yetarli yorqinligiga ega böliş uçun ekspozitsiyani boşqarişi kerak. 

Bir joyda turmaydigan obektlarni yaxşisi «landşaft» tartibida «Burst mode» funksiyasidan foydalangan holda suratga tuşirgan ma'qul. Uni faollaştiriş uçun kamera tugmaçasi bosiladi va suratga oliş jarayon tugaguniça bosib turiladi. Şundan söng, iPhone lavhalar galareyasini şakllantiradi, undan eng yaxşisini tanlaş mumkin böladi.