«Bir makon, bir yöl» taşabbusining amalga oşişi köp jihatdan Xitoyga boğliq, uşbu umumbaşariy loyihaning muvaffaqiyatli amalga oşişi uçun Pekinning qilişi mumkin bölgan eng xayrli iş — öz iqtisodiy yuksalişini oşirib boraverişidir, — dedi Butunjahon savdo taşkiloti boş direktori Roberto Azevedo.

Yevroosiyo böylab imtiyozli şartlarda töğridan-töğri yuk taşiş uçun savdo yölaklari yaratişni nazarda tutadigan uşbu loyihaning asosiy investori va boş taşabbuskori Xitoy hisoblanadi. Yakşanba kuni bölib ötgan forumda XXR raisi Si Tszinping «Bir makon, bir yöl» loyihasiga Xitoy investitsiyalari hajmini yanada oşiriş niyatini oşkor etdi.

«Bir muddat umumbaşariy iqtisodiyot Xitoyning iqtisodiy ösişidan katta foyda olgan edi, fikrimça, hozirgi tartib ham Xitoy barqaror ösiş darajasini saqlab qolişiga bölgan işonçga asoslangan. Öşanda jahon iqtisodiyoti Xitoy bilan birgalikda biz ayni damda yana duçor bölgan mana şunday turğun vaziyatdan çiqib keta olgan edi. Endi esa biz umid qilişimiz mumkin bölgan eng yaxşi holat — yaqin kelajakda Xitoyda yanada tezroq ösiş röy berişidir», — degan Azevedo CGTN telekanaliga bergan intervyusida, Si Tszinpinning sözlarini izohlar ekan.

U, şuningdek, Xitoy hukumatining past turmuş darajasi bilan boğliq muammolarni yeçişdagi muvaffaqiyatini ham alohida qayd etib ötdi: «Biz sönggi 40 yil içida Xitoy 800 million kişini qaşşoqlik çangalidan qanday qutqarib çiqarganiga guvoh böldik va öylanmanki, bularning barçasi savdo salohiyati tufayli yuz berdi, bu yerda juda köp narsa savdo va özaro aloqalarga asoslangan». BST boş direktori boşqa davlatlar ham bu muammoni hal qilişda Xitoy modelidan foydalanişi kerakligini qöşimça qildi.

Azevedo şuningdek, taşkilot Xitoy hukumati bilan bitim imzolagani va unga köra, Pekin BST bilan hamkorlikda nafaqat korxonalarga, balki savdo infratuzilmasi yaratilişiga muhtoj bölgan Ipak yöli davlatlari hukumatlariga ham texnik kömak berib borişini ta'kidlab ötdi. «Biz ularga kiçik va örta korxonalar biznesi uçun qulay şaroitlar yaratişda yordam qölini çözmoqçimiz», — deya öz fikrini yakunladi Azevedo.