Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi «Bir makon, bir yöl» taşabbusining asosiy loyihasidan biri sanaladi, dedi Pokiston boş vaziri Navoz Şarif.

«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi «Bir makon, bir yöl» taşabbusining asosiy loyihasidir, uni bayroqdor loyiha deb ham ataşmoqda, çunki uning maqsadi Şarqiy va Ğarbiy Osiyoni boğlaşdan iborat», — degan Şarif.

Pokiston boş vazirining qöşimça qilişiça, Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi loyihasi mintaqaning barça davlatlari uçun oçiq, u geografik çegaralarga ega emas. Şarifning sözlariga köra, loyihaning maqsadi — mintaqada tinç qöşniçilik va iqtisodiy ravnaq topişga yönaltirilgan.

«Mavjud mojarolarni muzokaralar va diplomatiya yöli bilan hal qiliş, kelgusi avlodlarga tinçlik va barqarorlikni meros qilib qolidiriş fursati yetib keldi», — dedi Pokiston boş vaziri.

Xitoy bu infrastrukturaviy loyiha uçun 46 milliard dollar sarflaşni maqsad qilgan. Avtomobil va temir yöllarning keng tarmoği vositasida Pokistonning janubiy-şarqidagi Gvadar port şahrini Xitoyning Şinjong-Uyğur muxtor tumani bilan birlaştiriş nazarda tutilgan.