«Mintaqa davlatlari örtasida savdo-sotiq jarayonlarini soddalaştiriş uçun Yevroosiyo bitimini tayyorlaş kerak», — degan bugun RF prezidenti Vladimir Putin Pekindagi «Bir makon, bir yöl» forumidagi çiqişida.

«Bu örinda Butunjahon savdo taşkilotining zalvorli va qimmatli tajribasiga tayaniş mumkin. Fursatdan foydalanib, 2017 yil fevralida Butunjahon savdo taşkilotining mahsulotlar harakati yölidan tösiqlarni olib taşlaş haqidagi bitimi kuçga kirganini eslatib ötmoqçiman. Albatta, biz bu nizomlarni rivojlantirişimiz kerak savdo jarayonlarini soddalaştiriş borasida yanada ilğor Yevroosiyo bitimini tayyorlaşimiz kerak», — degan Putin.

Rossiya prezidentining sözlariga köra, RF hamkor-davlatlar hududida qöşma korxonalar quriş uçun investitsiyalar kiritişga tayyor.

«Ta'kidlab ötişim joizki, Rossiya nafaqat savdo-sotiq qiliş, şuningdek, hamkor-davlatlar hududida qöşma hamda yangi işlab çiqariş korxonalari, sanoat işlab çiqarişni, mahsulotlarni ötkaziş va ularga xizmat qiliş işlarini rivojlantirişga investitsiya kiritiş uçun tayyor», — degan RF prezidenti.