Taniqli sport jurnalisti Vasiliy Utkin televideniyedagi faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.
"Bu mening uzoq yillik faoliyatimdagi oxirgi reportaj bo‘ldi. Men futbol telesharhlovchisi sifatidagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim", degan Utkin "Yevrosport" telekanali efirida.
U shuningdek yangi kasbga o‘tish istagida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Utkin sharhlagan oxirgi o‘yin chempionship doirasidagi "Fulhem" va "Reding" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib qoldi.















