Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Pekinda 14 may kun boşlangan "Bir makon, bir yöl" forumi ötkazilişi munosabati bilan tantanali qabulga öğli Nikolay Lukaşenko bilan birga keldi. Uşbu forumda 40 ga yaqin davlat prezidentlari va boş vazirlari iştirok etmoqda.
Lukaşenko keçki payt keçki tanovul va konsert ötişi kerak bölgan Pekindagi Xalq majlislar uyiga öğli hamrohligida keldi. Kolya bunday marosimlarga xos tarzda jiddiy körinişda – kulrang kostyum va oq köylakda bölgan. 12 yoşli Kolyaning qölida kiçkina yaşil qutiça bor edi.
Belarus prezidenti va uning öğli Xitoy raisi Si Tszinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan bilan birgalikda suratga tuşgandan keyin, avval ham Kolya bilan uçraşgan Tszinpin qöli bilan bola ança ulğayib qolganini anglatuvçi imo-işora qildi. Kolya qölidagi qutiça içidan şkatulka olib, uni Xitoyning birinçi xonimiga sovğa qildi. Tszinpin rafiqasi minnatdorçilik sifatida Kolyaning ikki yuzidan öpib qöydi.
Kolya Xitoyga birinçi marta kelişi emas. U 2015 yil sentabrda otasi bilan birga Pekinga Xitoy xalqining Yaponiya bilan uruşdagi ğalabasining 70 yilligiga bağişlangan paradga kelgan. Öşanda Kolya xitoylik internet foydalanuvçilarning yuraklarini zabt etgandi. Ular Kolyani "mallasoç şahzoda" deb ataşgandi.
Belarus prezidenti öğlini tez-tez özi bilan safarlarga olib ketadi. Avvalroq Kolya otasi bilan birga Qohiraga taşrif buyurgan. U yerda Kolya uçun Giza ehromlariga ekskursiya uyuştirilgan. Bundan taşqari, Kolya 2015 yil sentabrda otasi bilan BMTga delegat sifatida borgan. Kolya joriy aprelda otasining Qirğizistonga safarida ham unga hamrohlik qilgan.


















