Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyişni rejalaştirmayotganini ma’lum qildi.
«Yöq, men hozir rejalaştirmayapman, rejalaştirmayapman», dedi u Amerikaning Time jurnaliga bergan intervyusida.
U özini 80 yoşga yaqinlaşayotgan Tramp bilan taqqosladi va undan yoşroq, şuningdek, yaxşi jismoniy holatda ekanini ta’kidladi.
Lukaşenko Ğarb matbuotida öğli Nikolay Belarus prezidenti bölişi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga ham izoh berdi.
«Yöq, u voris emas. Nimani söramoqçi bölganingni bilardim. Yöq, yöq, yöq. Mana özidan söra - bu bilan uni qattiq xafa qilişing mumkin», dedi Belarus rahbari.
Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, uning öğli Nikolay özining siyosatini qöllab-quvvatlasa-da, «hamma narsani tuşunadi va anglaydi», biroq «ma’lum darajada öziga muxolifatçi» hisoblanadi.
Belarus prezidenti keyingi davlat rahbari boşqaça siyosat olib boradigan odam bölişini istisno qilmadi.
«Faqat birdaniga heç narsani buzib qöymasin, men qilganimdek, kuçlilarning yelkasiga tayanib, bor narsaga tayanib, mamlakatni xotirjam evolyutsion rivojlantirsin. Toki inqilobiy özgariş bölmasin», dedi u.
Lukaşenko 1994 yildan buyon Belarus prezidenti hisoblanadi. 2025 yil mart oyida u yettinçi marta davlat rahbari lavozimiga kirişdi. Belarusda prezidentlik muddati 5 yil.
Lukaşenkoning uç nafar öğli bor. Nikolay – ularning kiçigi, 2004 yilda tuğilgan. Kattalari - Viktor va Dmitriy - mos ravişda 1975 va 1980 yilda tuğilgan.

















