Aerofotos'yomka köpçilikka yaxşi taniş manzaralarni ajoyib gözallik orqali körsata oladi, hamda taniş joylarni qaytadan çuqur his etiş imkonini beradi.
San'atning bu turi 1858 yilda paydo böldi, öşanda Nadar Parij tomlari va bulvarlarini havo şarida, yerdan 500 metr balandlikda turib suratga tuşirgandi. Şundan beri fotosuratçilar kameralarni deyarli barça uçar obektlarda örnatişga muvaffaq bölişdi – kabutar va varraklardan tortib, to samolyot va kosmik kemalargaça. Hozirça dronlar ommaviy ravişda işlab çiqarila boşlangani yöq, hamda aerofotos'yomka professionallar, harbiylar yoki josuslar, yoxud öziga töq havaskorlar tomonidan keng qöllaniladi.
Ayni kunda ajoyib aerofotosuratlarni qiliş uçun, bir neça yuz dollarga ega böliş va dronni boşqariş kifoya qiladi. 2014 yildan beri ommabop Dronestagram servisida taxminan 60 mingta şunday fotosuratlar joylandi, yana 900 mingga yaqinini esa Instagram’da #dronestagram heştegi orqali topiş mumkin. Magnum Photos agentligining Parij bölinmasi sobiq boş muharriri Ayperi Karabuda Eser taxminan 250 ta şunday suratni bir neça kun avval Thames & Hudson naşriyoti tomonidan çiqarilgan Dronescapes fotoalbomida yiğdi. «Siz dronlar tufayli kenglikni oddiy fotos'yomkada imkonsiz bölgan uslub orqali tasvirga tuşirişingiz mumkin. Barçamiz noodatiy narsalarga işqibozmiz», - deydi Eser.
Eser bu albomni yaratiş ustida işlar ekan, 130 fotosuratçi tomonidan olingan 100 mingdan ortiq rasmni körib çiqdi, hamda ğayritabiiylik aks etgan kadrlarni izladi.
«Aerofotosuratlarning aksariyati bir-biriga öxşaş, - deydi u. – Ularning mualliflari parvoz ğoyasidan ilhomlanadi, hamda gözallik va makonni osmondan turib barçaga taqdim etişga intiladi». Eser tanlagan kadrlar – Rossiyadagi qişki baliq tutiş, Italiyadagi şör tuproq yer, Ganadagi töy – taniş manzaralarni juda gözal körsatadi. Hattoki siz bularni avval körgan bölsangiz ham, ular kenglikning özgarişi tufayli sizni yana hayratga tuşişga undaydi.
«Siz özingizga taniş bölgan dunyoni körasiz, biroq bu faqat miniatyurada röy beradi, xuddi siz devqomat odamga aylanib qolgandeksiz», - deydi Mark Çangizi, «Nigohdagi inqilob» kitobi muallifi. Uning sözlariga köra, hamma gap tomoşabinning qabul qiliş darajasini özgartirişda. «Dron kamerasi sizga dunyoni tabiiy istiqbolda körsatadi, xuddi piyoda yurgan kabi, - deydi u. – Noodatiy narsa esa şundan iboratki, bu xuddi hammasi kiçik bölib qolgandek tasavvur uyğotuvçi illyuziya (xom xayol).
Quyida ana şunday fotosuratlardan ba'zilari taqdim etiladi.


























