02:36 / 15.05.2017
7776

Fransiya chempionati. «Monako» va «PSJ» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Fransiya chempionatining 37-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa ham yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Monako» o‘z uyida «Lill»ni qabul qilib, Radamel Falkaoning dubli Bernardu Silva va yana bir avtogol evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «PSJ» «Sent-Eten» mehmoni bo‘lib, Edinson Kavani va Lukas Mouralarnig dubli evaziga yirik 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

YeChL yo‘llanmasini hal qilgan «Nitstsa» o‘z uyida «Anjyer»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, «Lion» o‘ta muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi. Yevrokuboklar uchun lionliklarning asosiy raqibi bo‘lib turgan «Bordo» va «Marsel» esa o‘zaro o‘yinda g‘olibni aniqlay olishmadi.

Ushbu turdan keyin «Monako» hisobidagi ochkolar soni 89taga yetdi va jamoa «PSJ»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda ularni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Qolgan ikki uchrashuvda jamoa bir ochko to‘plashning uddasidan chiqa olsa ham chempionlikni qo‘lga kiritadi. «Lion» esa bugungi natijasi bilan 4-o‘rinni naqd qildi va kelgusi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fransiya 1 ligasi, 37-tur

Monako – Lill 4:0 (2:0)
Gollar: Falkao (6, 69), Bernardu Silva (45), Alonso (89, avtogol).
Monako: Subashich, Jyemerson, Sidibe, Fabino, Glik, Lemar, Bakayoko, Bernardu Silva, Moutinyu (Karrilo, 90), Mbappe (Mendi, 83), Falkao (Jyermen, 78).
Lill: Menyan, Kone, Beria, Korshya, Alonso, Sliti, Mavuba, Amadu (Bissuma, 70), Kishna (de Previl, 64), Benziya (Baluli, 70), Eder.
Ogohlantirishlar: Jyemerson (48), Sliti (51), Mavuba (58).

Sent-Eten – PSJ 0:5 
Gollar: Kavani (2, 72), Lukas Moura (38, 78), Draksler (90).
Sent-Eten: Ryuffe, Malkyui (Per-Gabriel, 80), Pogba, Teofil-Katrin, Perren, Amuma, Veretu, Monne-Pake, Selnes, Seve (Korne, 56), Berich (Toft-Soderlund, 69).
PSJ: Trapp, Maksvell, Kimpembe, Mene, Tiago Silva (Markinos, 46), Verratti (Lo Chelso, 79), Rabo, Draksler, Matyuidi, Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 79), Kavani.
Ogohlantirishlar: Seve (27), Lo Chelso (85).

Nitstsa – Anjyer 0:2 
Gollar: Ndoyye (35), Toko-Ekambi (90).
Nitstsa: Kardinal, Bess, Sarr (Byurne, 89), Suke, Dante, Kozello (Valter, 60), Seri, Belxanda, Marsel (Srarfi, 67), Donis, Balotelli.
Anjyer: Mishel, Martines, Traore, Sissoko, Ndoyye, Kapel, Te (Jan, 80), Santamariya, Sunu (Bamba, 61), Pepe (Berigo, 70), Toko-Ekambi.
Ogohlantirishlar: Santamariya (24), Belxanda (32).

Monpele – Lion 1:3 
Gollar: Mune (35) – Fekir (17), Lyakazett (22, 90).
Monpele: Pionne, Pokorny, Kongre, Mukiyele, Lasn (Ndiayye, 77), Silla (Mbenza, 66), Skiri, Budebuz, Ikone (Dolli, 82), Sessenon, Mune.
Lion: Antoni Lopesh, Diakabi, Nkulu, Jalle, Rybus, Gezzal (Korne, 46), Tuzar, Fekir (Ferri, 81), Tolisso, Depay (Valbuena, 76), Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Mukiyele (38), Depay (39), Sessenon (41), Silla (50).

Bordo – Marsel 1:1
Gollar: Rolan (2) – Gomis (60).
Bordo: Karrasso, Yovanovich, Kontento, Sabali, Sankare, Vada (Labord, 72), Tulalan, Malkom, Plashil, Kamano (Una, 63), Rolan.
Marsel: Pele, Fanni, Evra (Bedimo, 77), Gubochan, Rolandu, Sanson, Venker, Toven, Lopes (Zambo, 74), Payyet (Doriya, 86), Gomis.
Ogohlantirishlar: Gubochan (19), Evra (33), Vada (50).

Bastiya – Loryan 2:0 
Gollar: Krivelli (74), Danik (86).

Metts – Tuluza 1:1 
Gollar: Sarr (66) – Breytueyt (8).

Kan – Renn 0:1 
Gol: So (68).

Nant – Gengam 4:1
Gollar: Tomasson (16), Sala (51, 78), Nakulma (69) – Do (74).

Dijon – Nansi 2:0
Gollar: Sammaritano (51), Doni (76).

Top