Xatarli gözallik: arablarga armiyada ayollar nega kerak?
|14:44 / 15.05.2017122 05310 min
Foto: AFPFoto: AFP
Qaçonki ayol harbiylar haqida eşitib qolsak, miyada köplab savollar ğujğon öynaydi: ular azaldan erkaklarniki deb hisoblanib kelingan uşbu kasbni nega tanlaşgan; ularning qurol-yaroğ olib yuriş va harbiy harakatlar olib borişda tajribasi qanaqa va h.k.
Ilgari ayollarga siyosiy va harbiy faoliyatda iştirok etiş man qilinar edi, lekin konstitutsion taqiqlar va jamoatçilik udumlariga ters ölaroq, ular ayollar armiyasiga birlaşar edilar. Tarixçilarning eslaşiça, AQŞda 1861–1865 yillarda bölib ötgan fuqarolar uruşida 400 dan 750 gaça ayol iştirok etgan. Ularning barçasi özini erkak, deya taniştirgan. Faqatgina şu yöl bilan ular uruşda iştirok eta olişardi, biroq ularning ba'zilari foş qilinib, qamoqqa jönatilgan.
Sönggi paytlarda Ğarb davlatlarida armiyaga erkaklar qatori ayollarni ham çaqiriş odatiy holga aylanib bormoqda. Ayollar professional harbiy böliş uçun töliq va har tomonlama tayyorgarlikdan ötişmoqda.
Biroq bunday yondaşuv an'anaviy hayot tarzini asrlar oşa saqlab kelayotgan arablar uçun yot. Ammo, şunga qaramasdan, ba'zi bir arab davlatlari öz ayollariga harbiy böliş va vatan oldidagi burçlarini bajariş imkoniyatini taqdim etişgan.
Ayollar eng qonli uruşlarda vatanga bölgan muhabbati va öz işiga sodiqligi uçun iştirok etişadi; ulardan ba'zilari öz oğalari yoki erlari yonida turib, ayrimlari xizmatdagi moddiy rağbatlantiriş tufayli xizmat qilişadi.
AQŞ
Fuqarolar uruşi faxriylari taşkiloti a'zosi bölgan yagona ayol
Sara Edmonds Sile Kanadadan AQŞga ön beş yoşida majburiy nikohdan qoçib kelgan. Avvaliga u biroz sayohat qilgan, keyin Injil sotib kun körgan. Söngra yigitça körinişini olib, Amerika armiyasida xizmat qilişga qaror qilgan.
Amerika askarlari safiga kirganidan söng köplab jang va harbiy operatsiyalarda iştirok etgan: duşman ketidan josuslik qilgan va yaralangan askarlarni hospitalga keltirişda kömaklaşgan. Sara bezgak kasaliga çalingaç armiyadan qoçgan, ayolligini bilib qolişmasliklari uçun. Dezertirligi uçun sudga berilgan. Keyin u erkakça körinişidan voz keçgan, biroq uni ayolça körinişida tanib bölmasligi tufayli hamşira bölib işlay boşlagan. Uruş tugagaç Sara «Ittifoq armiyasining hamşirasi va josusi» kitobini yozgan.
Dezertirlik ayblovi olib taşlangan va Sara rasman hurmat bilan iste'foga kuzatilgan. Şuningdek, u faqatgina erkaklardan iborat fuqarolar uruşi faxriylari taşkilotiga qabul qilingan yagona ayol böldi.
Mavzuga oid
Loretta Velaskes öz sevgilisi tufayli erkak qiyofasini olgan
Loretta öz sevgilisi — AQŞ harbiy zobiti bilan doimo birga böliş uçun armiyada xizmat qilişga qaror qilganida leytenant unvonini olgan. U soxta möylov yopiştirgan va leytenent Garri Bufordga aylangan. Loretta duşman ortidan josuslik qilgan va topşiriqlardan birida foş qilinib, jazo sifatida armiyadan haydalgan.
Velaskes AQŞning boşqa ştatiga ötib, yana erkak qiyofasiga kirib, armiyaga qöşilgan. Biroq, janglardan birida jarohatlangaç, harbiy vraç unga janglarda qatnaşişni taqiqlab qöygan. Velaskesning armiyadagi sarguzaştlari ana şunday tugagan.
Arab dunyosi
Jahonning şarqiy qismida ayollar köproq yaradorlarni davolaş, ma'muriy masalalar va yozişmalar bilan şuğullanişgan, biroq sönggi vaqtlarda ba'zi bir arab davlatlari öz ayollariga harbiy tayyorgarlikddan ötib, jang maydonida vatan duşmanlariga qarşi erkaklar bilan bab-baravar jang qiliş imkonini taqdim etişmoqda.
Iordaniya
1962 yilda Malika Muna hamşiralar kollejiga asos solinganidan söng dastlabki bitiruvçilar Qirollik tibbiy xizmati boşqarmasida işlay boşlaşgan. Sakkiz nafar yangi çaqirilgan ayollar boşqarmada ikkinçi leytenant unvonini oliş uçun yetarli ta'lim olişgan. Öşandan beri köplab ayollar harbiy xizmatga politsiya zobiti, harbiy, razvedka va qirollik gvardiyasi a'zolari sifatida qöşila boşlagan.
Iordaniya ayollari mamlakatning harbiy hayotida iştirok etişlari uçun mamlakat qurolli kuçlarida ayollar masalalari böyiça boşqarma taşkil etildi. Şunday qilib, qurolli kuçlarda xizmat qilayotgan ayollarning huquqlari ta'minlandi. Asosiy urğu erkaklar va ayollar tengligiga, şuningdek, ularning huquq va majburiyatlaridagi tenglikka qaratilgan. Bularning barisi harbiy könikmalarni professional darajada oliş uçun ma'lum bir muhit yaratişda yordam beradi.
Iordaniyada ayol politsiyaçilar davlat xavfsizlik organlarida işlovçi ayollarning 7 foizini taşkil etadi, tinçlikni ta'minlaş uçun operatsiyalarda iştirok etuvçi ayollar soni esa 64 nafar.
Şunisi qiziqki, iordaniyalik askar ayollar Afğonistonda toliblarga qarşi 2005 yilda kuraş olib borişgan. Bu ularning xorijdagi ilk missiyasi edi. Iordaniyalik polkovnik Orif az-Zayn şunday degandi: «Biz afğon ayollari ekstremistik ğoyalardan uzoqroq uşlaş uçun, mö'tadil islom haqida gapirişga majburmiz. Afğonistondagi ba'zi ayollar erkak askarlar bilan gaplaşişni xohlamasligi tufayli, ular bilan muloqot uçun ayollarni tanladiq. Bu iordaniyalik ayollarning Hoşimiylar qirolligidan taşqaridagi birinçi vazifasi».
Tunis
Tunis mudofaa vaziri Farhod Xurşoniy tunislik ayollarni harbiy sohaga jalb qiliş fursati yetib kelganini aytib ötgan, ayniqsa hozir Tunis oğir ahvolda bölib turgan, terrorçilar va ularning hujumlari bois jiddiy muammolar yuzaga çiqayotgan bir paytda. Tunis konstitutsiyasi harbiy xizmat har bir fuqaroning burçi ekanligini ta'kidlab turganda, bu qonun har bir insonga, xoh u erkak bölsin, xoh ayol bölsin, qöllaniladi.
Eng maşhur tunislik ayol harbiy uçuvçilar Ad-Dara va Alifa hisoblanişadi va ular Tunis harbiy-havo kuçlarning 40 nafar ayol uçuvçilari safidan örin olişgan.
Leytenant Alifa Tunis armiyasininguçuvçisi. Uning vazifasi operatsiyalarni havodan turib qöllab-quvvatlaş, qömondonlik markazining böyruğiga köra doimo uçişga tayyor bölib turiş. Samolyotda albatta qurol, öq-dori va uskunalar, şuningdek, har qanday favqulodda holatda asqotadigan birinçi yordam buyumlari bölişi şart.
Alifa va Ad-Dara şunday deyişadi: «Bizning qurolli kuçlarda xizmat qilayotgan boşqa insonlar oldida biror ustunligimiz yöq, çunki barimiz şu vatan ravnaqi uçun xizmat qilayapmiz».
Kuvayt
Jamiyatda turli qaraş va ixtiloflarga qaramasdan, Kuvayt ayollariga politsiyada işlaş, zobitlik unvoniga ega böliş uçun ruxsat berilgan.
Ötgan yilning mart oyida Kuvaytda jinsidan qat'i nazar barça fuqarolarning majburiy harbiy xizmatga jalb qilinişi e'lon qilingan edi. Sönggi 16 yil içida foydalanilmagan armiyaga majburiy çaqiruv haqidagi qonun töxtatib qöyilgaç, bu qaror özining an'anaviy urf-odatlari va qaraşlari bilan maşhur Kuvaytda katta rezonans keltirib çiqardi. Biroq kuvaytlik ayollar hukumatning ularni ham vatan oldida majburiyat va mas'uliyat his qilişga qodir fuqarolar sifatida tan oluvçi bu qarorini ma'qullaşdi va qöllab-quvvatlaşdi.
Kuvayt universiteti pedagogika va psixologiya professori Nuriya al-Harafiyning aytişiça, kuvaytlik ayollar jahondagi boşqa ayollardan mutlaqo farq qilmaydi. Biroq an'analar va qat'iy muhit ularning yuriş-turişi, xulqi va turmuş şaroitlarini belgilab beradi.
Qayd etiş joizki, Kuvayt ham butun dunyoda duçor bölayotgan tartibsiz terrorçilik hujumlaridan tahdidni sezmoqda. Şu sababli bu davlat ham öz xavfsizligi va fuqarolarining tinçligi yölida har qanday tahdidga qarşi tayyor bölişni istamoqda.
Kuvayt politsiyasi mulozimi Nada al-Ajmiyning ta'kidlaşiça, kuvaytlik ayollarning armiyada xizmat qilişiga imkon berilişi Kuvayt jamiyatida yuz berayotgan rivojlanişdan darak beradi.
Birlaşgan Arab Amirliklari
BAAda Havla bint al-Azvariy harbiy maktabi barpo etilgaç, qizlar uçun barça yöllar oçildi. Maryam al-Mansuriy Yamanda ötkazilgan «Qat'iy pörtana» operatsiyasida iştirok etiş uçun bu imkoniyatdan foydalandi. Bu operatsiyaning maqsadi IŞID terrorçilik taşkilotining pozitsiyalarini yöq qiliş edi. Al-Mansuriy BAAda harbiy havo kuçlari mayori unvonini qölga kiritgan ilk arab ayoli böldi.
Şayx Zayd ibn Sultan Ol Nahayyon 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan qizlarni ota-onasining roziligi bilan armiyada 9 oy xizmat qilişiga izn beruvçi qonunni imzolagan.
Al-Mansuriy BAA qurolli kuçlari safiga uçuvçi sifatida yollangaç, öz oilasining qölloviga qaramasdan doim qiyinçilik va muammolarga duçor bölmoqda. Biroq al-Mansuriy bu borada erkaklardan raqobatda ortda qolmasligiga işonadi va kelgusida F-16 Block 60 samolyotini boşqariş uçun professionallikka erişmoqçi.
Al-Mansuriy ayollar va erkaklarning harbiy tayyorgarligi orasida farq yöqligini ta'kidlaydi. Barça tayyorgarlik işlari yuqori professionallik darajasida taşkillaştiriladi. «Işlaşni boşlaganingda, ayollar uçun heç qanday istisnolar yöqligini anglay boşlaysan va har qanday farq yöqqa çiqadi», deydi u.
Bundan taşqari, al-Mansuriy qöşimçasiga şunday deydi: «Men bu sohada işlayotganim uçun katta faxr va iftixor töyğusini tuyuman. Ayniqsa, qiruvçi samolyotlarda parvoz qilişdek tanlovni amalga oşirganim uçun».
Al-Mansuriy öz xizmatlari uçun Dubay amirligi raisi Muhammad ibn Raşid al-Maktumdan mukofot olgan, bu esa BAAda katta faxr-iftixor belgisi hisoblanadi.
Ayollar allaqaçon özlarini köp yillardan beri erkaklar tomonidan monopollaştirilgan harbiy sohada tavsiya qilib bölişgan. Kutilişiça, harbiy ayollar soni nafaqat ular erişgan yutuqlarga qarab ösadi, bu hol jahonda hukmron bölib turgan, köp miqdorda himoyaçilarga talab tuğdirayotgan tahlikali siyosiy vaziyat tufayli ham yuz beradi.