Xitoyda öz işini davom ettirayotgan "Bir makon, bir yöl" Forumi doirasida 20dan ortiq mamlakatlar va xalqaro taşkilotlarning iqtisod-moliya sektori vakillari uçraşuvi ham bölib ötdi. Unda savdoni rivojlantirişga kömak beriş, ayrim mamlakatlarning loyihalarini moliyaviy integratsiyasi, özaro sarmoyalar hamda barqaror taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.

Unda sözga çiqan XXR tijorat vaziri Çjun Şanning qayd etişiça, Xitoyning ösiş sur'atlari dunyo mamlakatlariga keng imkoniyatlar eşigini oçmoqda. “Taxminlarga köra, yaqin 5 yilda Xitoy import qiladigan mahsulotlar 8 trln dollardan oşib ketadi. Undan 2 trln dollari "Bir makon, bir yöl" taşabbusi doirasiga töğri keladi. 

Xitoyning töğridan-töğri sarmoyalari 750 mlrd dollardan oşadi. Xitoylik sayyohlar bu davr içida 500 mln kişidan ortişi kutilmoqda. Bu butun dunyo uçun ulkan savdo imkoniyatlarini oçadi”, - degan Çjun Şan. 

Şu bilan birga, vazirning aytişiça, Xitoy bu boradagi harakatlarini kuçaytiriş niyatida. Xususan, 2018 yildan boşlab Xitoyda har yili uşbu mamlakat import qiladigan mahsulotlar yarmarkasi taşkil etiladi. Bu yarmarka nafaqat dunyo mamlakatlari uçun savdo imkoniyat böladi, balki dunyodagi eng yirik savdo platformasi böladi.

Vazirning sözlariga köra, 30dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik kelişuvlarini imzolaydi hamda 100ta loyihani amalga oşirişni boşlaydi. Bu loyihalar savdoning rivojlanişiga ijobiy hissasini qöşadi. Forum mavzularidan biri – Yevroosiyo integratsiyasini Xitoyning "Bir makon, bir yöl" taşabbusi bilan jipslaştirişdir. 

"Bir makon, bir yöl" Forumi doirasida 20dan ortiq mamlakatlar va xalqaro taşkilotlarning iqtisodiy sektori vakillari uçraşuvi ham bölib ötdi. Unda savdoni rivojlantirişga kömak beriş, özaro sarmoyalar hamda barqaror taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.