Si Jinping yakşanba kuni mamlakatga taşrif buyurgan mehmonlar şarafiga uyuştirilgan keçada  öz nutqini qadimgi donişmandlar sözlari bilan boşladi va "ummonlar suv qatralaridan boşlanişi"ni ta'kidladi. 

"Belboğ va yöl qurilişi - bu bizning tinçlik va xotirjamlikka bölgan intilişimiz. U mamlakatlarni yanada jipslaştiradi", - dedi XXR raisi. Uning sözlariga köra, bu hamjamiyat birgalikda rivojlanişni maqsad qiladi. 

Xitoy prezidenti Si Jinping barçani «Bir makon, bir yöl» hamjamiyatini qurişda özaro muvofiqlaşib iş tutişga çaqirdi va birgalikda farovon tizimni yölga qöyişga va'da berdi. 

Şuningdek u Xitoy mazkur döstona hamjamiyatni qurişda "makon va yöl"dagi barça mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini bildirdi. 

Si Jinpingning sözlariga köra, Xitoy uşbu hamjamiyatning iştirokçi-mamlakatlari bilan özaro foydali savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantiradi. 

Ta'kidlaş joizki, 14-15 may kunlari Xitoyda ötkazilayotgan forumda 29 mamlakatning davlat rahbarlari va yuzlab amaldorlar qatnaşmoqda.