UzReport telekanali bugungi dasturlarida o‘zgarish ro‘y berganini ma'lum qildi.
Bugun soat 18:15 va 20:30ga belgilangan «Vest Hem» – «Liverpul» hamda «Tottenhem» – «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar UzReport telekanalida emas, FUTBOL TV telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Soat 23:00da boshlanadigan «Real» – «Sevilya» va «Las-Palmas» – «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin avval rejalashtirilgandek UzReport telekanalida jonli efirda namoyish qilinadi. Ya'ni, ekranda o‘yinlardan vaziyatlar almashtirib ko‘rsatiladi.









