Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WannaCry virusi yaratuvchilari hisob raqamlariga 42 ming dollar o‘tkazib berildi
Foto: Hypegram
12 may kuni 150 ta davlatning turli muassasalari, tashkilotlari va yirik kompaniyalar kompyuter tizimlarini zararlagan tovlamachi-virus WannaCry yaratuvchilari hisob raqamlariga kompyuterlari zararlangan foydalanuvchilar tomondan 42 ming dollardan ko‘proq pul o‘tkazib berildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
The Time nashri ma'lumotlariga ko‘ra, pullar hali ham hisob raqamlardan yechib olinmagan.
Nashrning ta'kidlashicha, 100 dan ortiq foydalanuvchilar xakerlarga pul o‘tkazib bergan. Yangi to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin, chunki dastur agar foydalanuvchilar ko‘rsatilgan hisob raqamga uch kun ichida bitkoinlarda 300 dollar o‘tkazib bermasalar, talab qilinayotgan summa 2 barobarga oshishi bilan tahdid qilmoqda. Agarda to‘lov 7 kun ichida ham amalga oshirilmasa, unda virus fayllarni o‘chirib tashlash bilan xavf solmoqda.
Mavzuga oid
13:36 / 20.03.2025
Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi
11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?
21:05 / 15.11.2024
AQShda milliardlab dollarlik bitkoinlarni o‘g‘irlagan rossiyalik haker qamaldi
16:19 / 03.06.2024