“Bir makon – bir yöl” taşabbusi doirasida oliy darajadagi forum iştirokçilari ikki kunlik munozaralar davomida jiddiy ijobiy natijalarga erişişdi. Bu haqda XXR raisi Si Jinping forum yakuni böyiça ötkazilgan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

"Forum doirasida amaliy hamkorlik darajasini oşirişga va jiddiy ijobiy natijalarga erişişga muvaffaq böldik", - deya aytib ötdi Xitoy yetakçisi.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Xitoy taşabbus iştirokçilariga bundan keyin ham kerakli kömak körsatişga, infratuzilma loyihalarini rivojlantirişga, özaro aloqalarni yaxşilaş ustida işlaşga, qaşşoqlik va korrupsiya bilan kuraşişga tayyor.

Xitoy 2013 yilda “Bir makon – bir yöl” iqtisodiy rivojlanişning yangi strategiyasi haqida ma'lum qildi. U Yevroosiyo davlatlari örtasida özaro aloqalarni yölga qöyiş va infratuzilmani yaratişga möljallangan. Strategiya rivojlanişning ikki muhim yönalişini qamrab oladi: Ipak yölining iqtisodiy makoni va dengizdagi Ipak yöli. Gap Şarqdan Ğarbga imtiyozli şartlarda mahsulotlarni töğridan-töğri yetkazib beriş uçun savdo yölagini yaratiş haqida bormoqda.

Si Jinpingning ma'lum qilişiça, “Bir makon – bir yöl” taşabbusi inklyuziv va oçiq maydon bölib, bu yerda barça iştirokçilar teng asosda öz hissasini qöşişi va foyda olişi mumkin.

“Bir makon – bir yöl” taşabbusi rivojlanişning oçiq va inklyuziv negizidir, unda barça manfaatdor davlatlar iştirok etişi hamda teng asosda öz hissasini qöşişi va foyda olişi mumkin”, - deya aytib ötdi Xitoy rahbari.

"Biz yanada oçiqlik orqali qalin özaro manfaatli hamkorlikni istaymiz, biz bu hamkorlikni mafkuraviy asosga boğlaş, qandaydir siyosiy bosim ötkaziş yoki qandaydir ekslyuziv kelişuvlarga erişiş niyatida emasmiz”, - deya qöşimça qilib ötdi Si Jinping.
 
Bundan taşqari, uning aytişiça, Xitoy tomonidan taklif etilgan “Bir makon – bir yöl” strategiyasi, iştirokçi davlatlar sa'y-harakati bilan tinçlik, farovonlik va innovatsiyalar “yöliga” aylanadi.

"Işonçim komilki, barça iştirokçilarning qöşma sa'y-harakati orqali "Bir makon – bir yöl" strategiyasi tinçlik, farovonlik, oçiqlik, innovatsiyalar “yöli” böladi va keyinçalik sivilizatsiyani birlaştiradi", - deya aytib ötdi u forum yakuni böyiça taşkil etilgan matbuot-anjumanida.