Forbes jurnali talqiniga köra, Alibaba Group elektron tijorat kompaniyasi asosçisi Jyek Ma Xitoyning eng badavlat kişisiga aylandi.

Şu tariqa, tadbirkor Wanda Group rahbari Van Tszyanlinni ortda qoldirgan.

Aniqlik kiritilişiça, Jyek Maning davlati 30,9 mlrd. dollar, Van Tszyanlinniki esa - 30,7 mlrd dollarga baholangan.

Foto: China Daily

Wanda Group asosçisi asosan köçmas mulk va köngiloçar sohalar tufayli pul işlab topadi. Jyek Maning davlati esa 2017 yilda Alibaba aksiyalari qimmatlaşgani bilan boğliq.

Şu bilan birga, Osiyoning eng boy kişisi sifatida hongkonglik multimilliarder Li Tszyaçen e'tirof etildi. Uning mablağlari 32,9 mlrd. dollarga baholandi.

Alibaba Group – Xitoyning yirik kompaniyasi bölib, elektron tijorat sohasida faoliyat olib boradi. U 1999 yilda taşkil topgan hamda tarkibiga AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com, Alibaba.com va Alibaba Pictures kabi kompaniyalar kiradi.